2-bob. Buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari
6. Quyidagilar buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
qurilish obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish
yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan
muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik
hujjatlari talablariga rioya qilish;
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish;
loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish,
xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash;
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib
borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik
normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish
ishlarini tashkil etish;
subyektlarning shaharsozlik faoliyati sohasidagi o‘zaro munosabatlari
shaffofligini ta’minlash.
3-bob. Buyurtmachi xizmatining asosiy funksiyalari
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq buyurtmachi xizmati quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
a) qurilish obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish
yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash sohasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahri hokimliklari, vazirlik va idoralarning topshirig‘iga binoan maqsadli davlat
dasturlariga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish va kelgusida
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga belgilangan tartibda
taqdim etish uchun ularga yangi loyihalarni qo‘shish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
moliyalashtirish manbalarini belgilovchi hujjatlar va manzilli ro‘yxat
loyihalarini ishlab chiqadi, o‘rnatilgan tartibda kelishadi va ularning tasdiqlanishini
ta’minlaydi;
pudratchi tashkilot bilan kelishgan holda qurilishning titul ro‘yxatini
tasdiqlaydi;
obyekt quriladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini
joylashtirish masalalarini ko‘rib chiqish ishlarida ishtirok etadi;
b) birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan
muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik
hujjatlari talablariga rioya qilish sohasida:
loyihalarni ishlab chiqishga birlamchi ruxsat beruvchi hamda xarid bo‘yicha
hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, xarid jarayonlarini tashkil etilishi va
o‘tkazilishini ta’minlaydi;
loyihachi tashkilotga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan,
arxitektura-rejalash topshirig‘ini, topografik materiallarni, muhandislik-geologik
qidiruvlarning va tayanch qurilish konstruksiyalarining texnik holatini tekshiruvdan
o‘tkazish materiallarini, nuqsonlarga oid dalolatnomalarni taqdim etadi, ushbu
hujjatlar asosida o‘rnatilgan tartibda loyihalashtirishga topshiriqni tayyorlaydi va
tasdiqlaydi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish topshirig‘ini
tayyorlab “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida belgilangan tartibda kelishadi
va tasdiqlaydi;
ishlarni bajarish hamda moliyalashtirish jadvalini inobatga olgan holda,
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun shartnoma tuzadi;
tegishli tashkilotlar bilan eksperimental, ilmiy-tekshirish, arxeologiya ishlari
va boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar tuzadi;
loyiha-qidiruv ishlari ijrochilarining shartnoma majburiyatlariga rioya
etilishini nazorat qiladi;
loyihaoldi, loyiha va xarid bo‘yicha hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi,
kelishadi va ularning tasdiqlanishini ta’minlaydi;
vakolatli organlar xulosalari hamda pudratchi tashkilotlar takliflari asosida
tegishli hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini tashkil etadi;
qurilishi markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan
obyektlar boshlang‘ich qiymati Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytiga
(stat.uz) qo‘yib boriladigan qurilish materiallarining joriy narxlari, mashina va
mexanizmlar xizmati uchun o‘rtacha narxlar hamda o‘rtacha ish haqidan
foydalangan holda shakllantiradi;
bunda narxlarni yil davomida o‘zgarishini inobatga olib, muayyan davr
uchun o‘rtacha narx narxlar o‘sishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlardan
foydalangan holda hisob-kitob qiladi;
v) obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish sohasida:
qurilish uchun maydon tanlash va ajratish bo‘yicha komissiyalar ishida
ishtirok etadi;
qurilish uchun yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi hujjatlarni, shuningdek,
elektr uzatish havo tarmoqlari va aloqa tarmoqlari hududida, temir yo‘llarda, qurilish
maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlari (elektr energiyasi, tabiiy
gaz va kanalizatsiya tarmoqlari) o‘tadigan joylarda ishlarni bajaradi;
qurilish obyektida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bo‘lmagan
taqdirda, ishlarni tashkil etish uchun ushbu hududdagi mavjud muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish choralarini ko‘radi;
daraxtlarni o‘tqazish, butash, zarur hollarda daraxtlarni kesish uchun talab
etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda olinishini ta’minlaydi;
obyekt qurilayotgan hududda buziladigan, boshqa joyga ko‘chiriladigan
yoki rekonstruksiya qilinadigan aholi xonadonlarida istiqomat qiluvchi
fuqarolarning mazkur masalalar yuzasidan qonuniy talablari bajarilishini
ta’minlaydi;
fuqarolarga zarurat bo‘lganda, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan obyektning umumiy qiymati doirasida olib qo‘yiladigan meva, rezavor
meva daraxtlari va ekinlar qiymatini, shuningdek, fuqarolarga xususiy mulk huquqi
bilan tegishli bo‘lgan va buzilishi kerak bo‘lgan turar joylar va imoratlar qiymatini
qoplaydi;
qurilish hududida buziladigan bino va inshootlarning hisob-kitobi hamda
ularni obyekt qurilish loyihasiga kiritishning asosliligini tekshiradi;
obyektlarning buzilishi natijasida hosil bo‘ladigan hamda qazib olinadigan
qurilish materiallari belgilangan tartibda hisobga olinishi va sotilishini ta’minlaydi;
qurilish uchun geodezik ajratish asosini tashkil etadi;
g) loyihalar moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish,
xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash sohasida:
obyektni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda topshirish ishlarini
bajaruvchi ijrochilarni belgilash bo‘yicha tender savdolarini tashkil etish, o‘tkazish
hamda belgilangan tartibda shartnoma tuzilishini ta’minlaydi;
shartnoma asosida ishlarni bajarish, moliyalashtirish jadvallarini tasdiqlash,
qurilish ishlari titul ro‘yxatlarini tuzish va aniqlashtirib borilishini ta’minlaydi;
moliyalashtirish bo‘yicha kelishilgan jadvalni hisobga olib, zarur barcha
hujjatlarni mutasaddi idoraga (bankka, g‘aznachilik bo‘limiga) taqdim etgan holda
loyihalash va qurilish ishlarining o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga
muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda tegishli
organlarga taqdim etadi hamda ularning ishonchliligi uchun javob beradi;
loyiha ishtirokchilarining bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
to‘lovga taqdim etilgan hisobvaraqlarini tekshirib qabul qiladi;
bajarilgan ishlar bo‘yicha belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshiradi;
shartnoma majburiyatlari qisman yoki to‘liq bajarilmagan hollarda
loyihachi, pudratchi va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda jarima to‘lash
to‘g‘risida da’voni taqdim etadi;
d) loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib
borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik
normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish
ishlarini tashkil etish sohasida:
qurilish obyektlarini qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarida
ro‘yxatdan o‘tkazadi;
pudrat ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni
hamda mualliflik va texnik nazorat mavjudligini tekshiradi;
loyiha boshqarilishini va obyektlarda qurilish ishlari yuzasidan tizimli texnik
nazoratni amalga oshirilishini ta’minlaydi, qurilish jarayonida kamchiliklar va
nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘radi;
qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilishi tugallangan obyektlarni
foydalanishga qabul qilib oladi;
obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha tegishli komissiyaga
zarur hujjatlarni taqdim etadi;
foydalanishga qabul qilingan obyektlar bo‘yicha barcha tegishli hujjatlarni
foydalanuvchiga taqdim etadi;
qurilish normalari va qoidalari talablari buzilgan holda qurilgan obyektlar
foydalanishga qabul qilib olinganligi uchun javob beradi;
e) shaharsozlik faoliyati subyektlarining obyektlar qurilishi jarayonida
o‘zaro munosabatlari shaffofligini ta’minlash sohasida:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — axborot
tizimi) zarur axborotlarni kiritib boradi;
obyektlarning manzilli dasturi, yillik manzilli ro‘yxat va har bir obyekt
bo‘yicha ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi;
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar tayyorlanishi, loyihaoldi va loyiha
ishlarining amalga oshirilishi, ekspertiza organlari tomonidan xulosalar berilishi,
xaridlar jarayoni, qurilish ishlarining olib borilishi hamda moliyalashtirish
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi;
loyihachi, ekspertiza, pudratchi va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan
shartnomalar ijrosi, bajarilgan ishlar, moliyalashtirish bo‘yicha ishonchli
ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi;
qurilish jarayonlarini nazorat qilish, qurilish ustidan mualliflik, texnik
nazorat bo‘yicha mutaxassislar va qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari
tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va ko‘rsatib o‘tilgan
kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etishga doir ma’lumotlarni axborot
tizimiga kiritadi;
qurilish obyektining har bir bosqichi yakuni bo‘yicha ma’lumotlar va
asoslovchi hujjatlarning obyektlar foydalanishga topshirilgunga qadar axborot
tizimiga muntazam kiritib borilishi va yuritilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |