Autosoma xromosomalar soni ning o‘zgarishi tufayli chiqadigan kasallikka misol qilib, «Daun sindromi»ni olish mumkin. «Daun sindromi»ning kelib chiqishiga 21-juft gomologik xromo somaning bittaga ortib ketishi, ya’ni trisomik holatda bo‘lishi sababchidir.
«Daun sindromi»ga uchragan shaxslar kariotipida xromosomalar soni 47 ta bo‘ladi.
Bu kasallik autosoma xromosomalarning o‘zgarishi natijasida vujudga kelganligi sababli, ayol va erkaklarda uchraydi.