84
– po‘lat qoplama, kg – 0,262–0,456.
Tajriba asosida aniqlanishicha, yanchishga saiflangan 1 kW·soat
uchun yanchuvchi vositaning sarfi, (kg): sharlar – 0,091, steijenlar
– 0,12. Tub podshipniklarni va tebranish podshipniklarini moylash
uchun industrial yog‘ (ko‘pincha, 50 markali) ishlatiladi.
Moylash moylashning markazlashgan sirkulatsion sistemasidan
amalga oshiriladi. Ochiq tishli uzatmani moylash uchun ko‘pincha,
konsistent moy ishlatiladi. Yanchish bo‘limida ishlovchi shaxslar
yanchuvchi va klassifikatsiyalovchi dastgohlarda ishlash qoidalariga
qat’iy rioya qilishlari kerak. Yanchilish bo‘limidagi dastgohlarni ishga
tushirish va to‘xtatish fabrika bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan
texnologik yo‘l-yo‘riqlar bilan aniqlanadi. Tegirmonlarni tovush va
yorug‘lik signallar sistemasi buzuq bo‘lganda, harakatlanuvchi qismlar
himoyalovchi to‘siqlar bilan to‘silmaganda, moylash sistemasida moy
bo‘lmaganda
hamda
zich
yopilmagan
birikmalardan
bo‘tana
oqayotganda ishga tushirish man etiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar
qayerda shikastlanish sodir bo‘lishi mumkinligi, ularni kelib chiqish
sabablari va yo‘qotish usullarini bilishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: