Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

asosiy vazifalar 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
- monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllan-
tirish, qabul qilish hamda amalga oshirish; 
- O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini 
yaratish; 
- banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish; 
- O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahirasini 
saqlash va uni boshqarish; 
- Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini 
uyushtirish. 
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki quyidagi yumushlarni ado etishi zarur. 


24 
Iqtisodiyotni 
pul-kredit 
vositasida boshqarish, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi 
sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va «O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 23- moddasiga 
muvofiq keyingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun 
qolganda bu haqda Oliy Majlisga axborot beradi. Markaziy bank pul 
taklifi hajmini o‘zgartirib, ishlab chiqarishning umumiy hajmiga, 
bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining o‘sish sur’atlariga ta’sir 
ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi hajmining 
oshirilishi iste’mol va sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga, 
binobarin, bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pul 
yuqori sur’atlarda qadrsizlanayotgan sharoitda Markaziy bank ularni 
sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib muomaladagi pul miqdorini 
cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda unga bo‘lgan talab 
kamayadi, pul bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgaradi, pulning 
qadrsizlanishi kamayadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari, pul massasi o‘zgarishining aniq maqsadli 
mo‘ljallari va pul muomalasini tartibga solish vositalari qonunning
4-qismida yoritilgan bo‘lib, unda Markaziy bankning pul-kredit 
operatsiyalari belgilab berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining 
asosiy yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis 
tomonidan tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul 
qilinadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, 
pul 
miqdorining 
yillik 
o‘stirish 
sur’atlarining 
maqsadli 
ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyoatini amalga oshirish 
yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning 
zarurligiga sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga 
oshirish 
barcha 
muhim 
makroiqtisodiy 
hodisalar; 
pulning 
qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat 
resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan. 
Pul muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi chizmadan 
ko‘rish mumkin. 
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash 
va boshqa usullardan foydalanib pul massasini boshqarib borishi 
mumkin. 


25 
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini 
muvofiqlashtirish va inflyasiya sur’atlarini tushirish maqsadida 
Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini 
o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal zahiralar bu tijorat 
banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur 
bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig‘ilgan 
resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zahira bevosita 
banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasada, ularning minimal 
likvidligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin. Majburiy zaxira me’yori 
hozirgi kunda O‘zbekistonda 15 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank 
tomonidan zaxira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda 
o‘zgartirilishi mumkin, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, 
banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Banklar 
Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya 
qilinishi uchun javobgardir. «Tijorat banklari tomonidan Markaziy 
bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida»gi 
nizomda belgilangan majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha 
banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd 
pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda 
depozitga o‘tkaziladi. Majburiy rezerv talablarining me’yorlari yoki 
tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda 
kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki 
miqdoriga doir yangi me’yorlarni banklar ana shu muddatgacha 
bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni 
to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob 
qilishda chet el valyutasidagi mablag‘lar, jismoniy shaxslar depozitlari, 
depozit va jamg‘arma sertifikatlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish 
yo‘li bilan jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy 
zaxiralarni deponentlash bank vakillik hisob varag‘idan pul 
mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Majburiy 
zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat 
etilmaydi. 
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish 
siyosati bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, 
qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit 
auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib 


26 
chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi 
quyidagi usullarda olib borilishi mumkin: 
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li 
bilan kreditlash; 
- tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish 
yo‘li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar 
deyiladi. 
- to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli. 
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan 
hollarda ular Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va 
Markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Remoliyalash-
tirishning asosiy maqsadi, pul muomalasi va kredit munosabatlarining 
holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib 
bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga 
asosan, quyidagi aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan 
muddatda kreditlar berishi mumkin: 
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi 
valyuta boyliklari va boshqa boyliklar; 
- davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan 
boshqa qarz vositalari. 
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi 
uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va 
Markaziy bank ular bilan ushbu qonun doirasida boshqa xil 
operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar, to‘lanishiga banklar 
asosida kreditlar berishi mumkin. 
Bank faoliyatida riskning iqtisodiy asoslangan chegaralardan 
chiqib ketmaslik bank sistemasi barqaror ishlashining muhim shartidir. 
Risk doiralarini cheklab qo‘yish Markaziy bank tomonidan tijorat 
banklari uchun rioya etilishi majburiy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni 
belgilab qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank banklar 
uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni, shu jumladan: 
- kapitalning yetarlilik koeffitsiyentini; 
- bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga 
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; 
- yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p 
miqdorini; 


27 
- likvidlilik koeffitsiyentlarini va boshqalarni belgilaydi. 
Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o‘zgarishi to‘g‘risida 
kamida bir oy oldin e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari 
banklarga oid qonun hujjatlarini, belgilab qo‘yilgan iqtisodiy 
me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav kapitalining 
eng kam miqdorining 0,1 foizigacha jarima undirish yoxud ayrim 
operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab 
qo‘yish huquqiga ega. 
Hisob-kitoblarni va o‘tkazish operatsiyalarini bajarish. O‘zbekiston 
Respublikasi hududida hisob-kitoblar naqd pulli va naqd pulsiz tarzda 
amalga oshiriladi. Jami pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz 
to‘lovlarga to‘g‘ri keladi. Bunda pulning harakati kredit 
muassasalaridagi hisob varaqlarga pul o‘tkazish va o‘zaro talablarni 
hisobga olish jarayonida sodir bo‘ladi. Mahsulot sotish ishlarini 
bajarish, xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan mablag‘ topish, milliy 
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash, bankdan qarz olish va uni 
qaytarish, aholiga pul daromadlarini to‘lash va ulardan foydalanish 
kabi xo‘jalik munosabatlarining sohalari vositasida naqd pulsiz pul 
oboroti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob varaqlari amal 
qilayotgan bank muassasalari orqali o‘tadi. O‘zaro hisob-kitoblar 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan va 
hamma bank hamda mijozlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar asosida 
olib boriladi. Ushbu qoidalarning bir tarzda qo‘llanishi butun 
respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi. 
Banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilishdan 
asosiy 
maqsad 
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‘g‘risida»gi Qonunning 50-moddasiga muvofiq bank tizimini 
barqaror tutib turish, omonatchi va kreditorlar manfaatlarini himoya 
qilishdan iborat. 
Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bank 
faoliyatiga 
ruxsatnoma 
(litsenziya) 
berishdir. 
O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining maxsus komissiyasi bu faoliyat bilan 
shug‘ullanishga da’vogarlarning birlamchi hujjatlarini ko‘rib chiqadi, 
pul 
bozorida 
ularning 
muomalaga 
tayyorligini, 
O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki talablariga javob berishini tahlil qiladi va 
qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda bank faoliyatini amalga oshirish uchun 
ruxsatnoma beradi. 


28 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank 
muassasalarining rivojlanishini har tomonlama hisobga olib, kuzatib 
boradi. Kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‘z 
ichiga oluvchi iqtisodiy me’yorlarni, shuningdek kreditlash hajmi va 
limitlarini belgilaydi. Qonunda kredit tashkilotlarning hamma turlari 
uchun yagona mazmunga ega bo‘lgan iqtisodiy me’yorlar guruhining 
bajarilishi nazarda tutiladi. Kapitalning yetarliligi, aktivlarning sifati, 
foydaliligi va likvidligiga qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli 
baholanadi, nochor banklar aniqlanadi. 
Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisob-kitoblarda 
zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish 
Markaziy bankning pul-kredit siyosatida valyuta-mablag‘laridan 
sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina qolmay, balki dunyo 
moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan 
mamlakatimizning oltin valyuta zaxiralarini qiymatini saqlab turish 
imkoniyatini yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, korxonalar va 
xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‘lish va valyuta 
operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki valyuta zaxiralarini saqlovchi asosiy 
depozitariy bo‘lib qolishi mumkin. 
Hukumat 
maslahatchisi-xazina 
vakili 
vazifasi. Bu vazifa 
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 
44-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki hukumat bankiri sifatida davlat muassasalari va 
tashkilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda 
mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi: davlat 
qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga 
bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini 
xarid qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga 
binoan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi. 
45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz 
ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan 
mablag‘ olish rejalari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal 
(xazina) vakili vazifasiga muvofiq hukumat hisob varaqlarini yuritar 
ekan (47-modda), hukumatning moliya operatsiyalarini amalga 
oshirishda ko‘maklashadi, byudjet kirimlari va chiqimlari masalalari 


29 
yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashti-
rishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisob varaqlarni yuritadi
davlat qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarini hal etishda 
qatnashadi. 
Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning 
ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasa-da, u tijorat banklarining 
kredit zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli 
bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiya-
laridan, shu jumladan valyuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda 
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalaridan, kredit 
kimoshdi savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan 
shartlarga binoan oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga 
kiruvchi valyuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat 
kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga 
o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid 
qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, 
t
o‘lanishiga banklar 
kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat 
banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin. 
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi 
banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u «O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga 
asosan amalga oshiriladi. 
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat 
banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisob 
varaqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan 
tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham ular Markaziy bankka murojaat 
qilishadi. 
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash 
huquqiga ega, ya’ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir 
ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki chakana savdoda 
mahsulot haqini to‘lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil uzish 
uchun mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun naqd pul zarur. 
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash. 


30 
Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqarish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‘lari hajmiga 
qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffitsientlarini 
belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, uning 
pul miqdori o‘sish sur’ati va tuzilmasiga, shuningdek pulning 
qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining 
moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chiqilayotgan qonunning
28-moddasiga muvofiq majburiy zaxiralar alohida hisob varaqda naqd 
pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi. Zaxiralash tizimi tijorat 
banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal 
etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib 
qo‘yilishi ham mumkin. Tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash 
talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda 
moliyaviy sanksiyalar (53-modda) ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda 
belgilangan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek jarimalar solish 
huquqi berilgan. 
Endi Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi to‘g‘risida qisqacha 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega. 
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun 
tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etadi. 
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtida, viloyat-
larning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‘lmagan bosh boshqarmalar tuzadi. 
Markaziy bank raisi Boshqaruvning raisi hisoblanadi. Boshqaruv 
a’zolarini Markaziy bank raisi taqdimnomasiga ko‘ra, Oliy Majlisning 
Kengashi tasdiqlaydi. 
Markaziy bank raisi Markaziy bank va uning Boshqaruvi 
faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va 
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun 
javobgar bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin