131
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqorida qayd etilgan
professional
ishtirokchilari
va
ularga
xizmat
ko‘rsatuvchi
kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi, provard natijada, ular
o‘rtasidagi raqobat muhitini keskinlashuviga olib keladi. Buning
natijasida ko‘satilayotgan xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarning
kamayishi yuz beradi. Ular mijozlarga an’anaviy birjalar yopilgandan
keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, investitsiyalar uchun
turli xildagi instrumentlar foydalanishni taklif qiladi va kotirovkalarni
sir tutilishi kafolatlaydi.
2000-yilning boshiga kelib G‘arbiy Yevropadagi barcha yirik fond
birjalari to‘liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‘z navbatida,
savdo ishtirokchilari sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini
kamaytirish imkonini beradi.
Bir qator mamlaktlarda fond birjalari o‘zlarining raqobat
pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Bu holat moliyaviy bozorlarning
xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun bir necha xizmat turlarini bir
joyda markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Parij,
Amsterdam, Frankfurt, Xelsinki, Bryussel birjalari birlamchi va
ikkilamchi bozorlarni, hosila institumentlari bozorlarini, kliring va
hisob-kitoblarni birlashtiradi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining infratuzilmasidagi ikkinchi
jiddiy
o‘zgarishlar birja ittifoqlarini tuzish jarayonlarining
boshlanganligi va tobora chuqurlashib borayotganligi hisoblanadi.
Birja ittifoqlarini tuzish yo‘lidagi dastlabki qadam 1997-yilda
Benilyuks birjasining tuzish orqali qo‘yildi. Ushbu birjani tuzish
to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi bir vaqtning o‘zida uchta
birjaga
kross-a’zolik
huquqini
ta’minladi. Hamkorlik hosila
instrumentlari bozorlariga (forvard, fyuchers, opsion bozorlari), kliring
va hisob-kitoblar jarayoniga ham tarqaldi.
Ayni vaqtda, AQSHning birjadan tashqari savdo tizimi NASDAQ
global ahamiyatiga ega bo‘lgan xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoriga
aylanib bormoqda. U amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat
yuritish bilan birga, jahonning 10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida
e’tirof etilmoqda.
NASDAQ aksiyalar savdosining hajmi va o‘sishi sur’ati bo‘yicha
Nyu-York fond birjasini ortda qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: