Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona Filiali


IA-32 arxitekturasi registrlari



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə8/9
tarix05.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#172888
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kompyuter Arxitekturasi Mustaqil ish

IA-32 arxitekturasi registrlari
Ko’plab registrlar o’zlarining aloxida funktsional vazifalariga ega bo’ladilar. Dasturchi nuqta’i nazaridan ularni ikkita katta guruhlarga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga foydalanuvchilar registlari kiradi.
EAX/AX/AH/AL,
EBX/BX/BH/BL,
EDX/DX/DH/DL,
ESX/CX/CH/CL,
EVR/VR,
ESI/SI,
EDI/DI,
ESP/SP
Ushbu registrlar ma’lumotlarni va adreslarni saqlash uchun mo’ljal-langan bo’lib dasturchi ularni ba’zi bir cheklanishlarni hisobga olgan holda o’zining algoritmini dasturlash uchun foydalanishi mumkin.
Segmentli registrlar: CS,DS,SS,ES,FS,GS lar xotirada segment adreslarini saqlash uchun ishlatiladi.
Soprotsessorning preregistrlariga ST(0), ST(I), ST(2), ST(3), ST(4), ST(5), ST(6), ST(7) registrlari kiradi. Va ular suzuvchi vergulli ma’lu-motlar bilan ishlovchi dasturlarni tuzishda qo’llaniladi.
Xolat va boshqarish registrlari (EFLAGS/FLAGS bayroq registrlari va buyruqlarning ko’rsatkichli EIP/IP registrlari ). Ushbu registrlar pro-tsessorning, bajarilayotgan dasturlarning holati haqidagi ma’lumotlarni o’z tarkibiga oladi va bu xolatlarni o’zgartirish imkonini beradi.
Ikkinchi guruhga tizimli registrlar kiradi, ya’ni turli xil servis funktsiyalarga xizmat ko’rsatuvchi ( ishlashini ta’minlovchi ) registrlar hamda aloxida olingan protsessorlargagina ishlatiladigan maxsus registrlar.
IA-32 mikroprotsessori bilan ishlovchi tizimli registrlarni sanab o’tamiz:
D boshqaruvchi registrlar: CRO...CR4. Bu registrlar protsessorning ish rejimini va joriy bajarilayotgan vazifaning tavsiflarini aniqlaydi.
Xotirani boshqaruvchi registrlar GDTR,IDTR,LDTR va TR. Bu registrlar protsessorning ximoyalangan ish rejimida ishlatiladi, ya’ni bu rejimning boshqa-ruvchi strukturasini lokallashtirish uchun foydalaniladi.
Sozlovchi registrlar DRO...DR7. bu registrlar sozlashning turli xil aspekt-larini boshqarish va va monitoring uchun ishlatiladi.
Xotira sohalari turlarining D registrlari: MTRR. Bu registrlar xotira sohasining mos xossalarini belgilash uchun keshlash maqsadida apparatli boshqa-rish uchun ishlatiladi.
Mashinaga bog’liq bo’lgan registr MSR. Bu registrlar jarayonni boshqarish, nazorat qilish, uning samarali ishlayotganini tekshirish va yo’l qo’yilayotgan xatoliklar xaqida ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi.
i486 va Pentium protsessorlari asosan 32 razryadli registrlardan foydalanadi.
Ularning miqdori segment registrlarini xisobga olmagan holda xuddi I8086 protsessorlariniki kabidir. Ammo ularning o’lchami katta bo’lgani uchun bu hol ularning nomlarida aks etgan, ya’ni ular nomlari oldida «e» (extended) ( kengay-tirilgan ) xarfi qo’shib qo’yilgan.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin