7
Ilm-fan va san’at ahllari uchun qo‘shimcha xonalar qurilishi xonadon tarkibini va
tarxini belgilashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan shart-sharoit hisoblanadi.
Xalqning urf-odatlari ham xonadon tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbek
xalqining eng asosiy urf-odatlaridan biri bu ochiq havoda ko‘proq vaqtni o‘tkazishdir.
Bu odat mamlakatimizning tabiati, iqlim-sharoitidan kelib chiqqan bo‘lib, bu narsa
xonadon tarkibiga ochiq yozgi xonalar, ayvonlar va supalarni kiritishni taqozo etadi.
Bu yerda aholi mehmon kutadi, dam oladi va uxlaydi.
Uyning turini tanlashga uning qayerda joylashgani ham ta’sir qiladi. Uyning
joylashgan joyiga qarab uy shahardami, qishloqdami, shahar markazidami yoki
chetdami shunga qarab har-xil talablar paydo bo‘ladi, undan tashqari yerning past-
balandligi, uyni o‘rab turgan tabiat, iqlimi sharoiti, tuproq tarkibi va yer qimirlash,
seysmik holatlari ham uy turini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Shimol va janubda
quriladigan uylar bir - biridan o‘ta farq qiladi, undan tashqari nam va quruq iqlim,
tog‘ yoki pastliklar, sahro va nam yerlarning ta’siri ham turar-joy me’morchiligiga
katta ta’sir o‘tkazadi.
O‘zbekiston tog‘lar, sahrolar, tekislik va pasttekisliklar, ko‘kalamzor, lalmikor
yerlardan tashkil topgan. Shuning uchun O‘zbekiston sharoitida hamma yerga bir xil
turar-joylarni loyihalashtirish va qurish katta xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Respublikamiz ilmiy tekshirish institutlari tomonidan tabiati, iqlim sharoiti, yer
qimirlashi hisobga olingan haritalar ishlab chiqilgan. Shu haritalarga qarab qurilish
mutaxassislari uylarning turlarini tanlaydilar, undan foydalanadilar va quradilar.
Uylarni tanlash va qurishga qanday qurilish ashyolarining borligi, qurilish-
texnik jihozlari va asboblarning ahvoli ham ta’sir etadi. Lekin bu narsalar
o‘zgaruvchan bo‘lib, umumiy texnik-iqtisodiy, fan va texnikaning o‘zgarishlariga
ham bog‘liqdir.
Shuning uchun loyihalovchi me’morning oldiga qo‘yiladigan vazifa bu -
hamma shart-sharoitlarni to‘la o‘rganib chiqib, keyin eng qulay va chiroyli turar-
uylarni loyihalash, ayniqsa yerning shart-sharoiti jiddiy e’tiborga olinishi kerak
bo‘lgan muhim omillardir.
Dostları ilə paylaş: