141
Xonalarni guruhlashning
zalli sxemasi
qismlarga ajratilmagan katta maydonlarni
talab etuvchi funksiyalar uchun yagona bo‘shliqni tashkil etishga asoslangan.
Xonalarni guruhlashning
atriumli sxemasi
yopiq ichki hovli –
atrium
atrofida
joylashgan va unga chiqadigan xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning pavilonli
sxemasi xonalar yoki ularning guruhlarini alohida hajmlar – yagona kompozitsion
yechim vositasida o‘zaro bog‘langan pavilonlarda taqsimlanishiga asoslanadi. Ushbu
sxemalar mujassamlikda va birgalikda qo‘llanilishida
kombinatsiyalashgan
: yo‘lakli-
halqali, anfilada-halqali va shu kabi sxemalar yaratiladi. Xonalarni guruhlashning
yuqorida keltirilgan sxemalari jamoat binosi yoki inshootining turli kompozitsion
sxemalarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilib, ular vositasida jamoat binosining
hajmiy-rejali tuzilmasi shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: