85
Hovlili binolarni qurishda asosan mahalliy, qimmat bo‘lmagan qurilish
materiallaridan foydalanish kerak: xom g‘isht, pishgan g‘isht, taxta, ganch, alebastr
va hokazolar. Ammo qishloq qurilishini industrial va mexanizatsiya usuli bilan tez
qurish uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlar: bloklar, panellar, temir-beton
yopqichlar va boshqalarga o‘tishga to‘g‘ri keldi va bular hovlili uylarning loyihalari
harakteriga ta’sir qildi. Shuning uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlarning
o‘lchoviga qarab loyihalash paytida bino o‘lchovlari shu elementlar o‘lchoviga qarab
olinadi. Ammo mahalliy qurilish materiallari hali ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q
va shuning uchun me’mor oldiga ularni zavodda tayyor bo‘ladigan qurilish
materiallari bilan aralashtirib ishlatish vazifasi qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: