31
foydalanish) industrial texnologiyasining ixtiyoriy ko‘rinishi, qurilishdagi mehnat
sarfini keskin qisqartiradi. Bu ma’noda, ichki va tashqi devor panellarini zavodda
tayyorlash alohida samaralidir. Konstruksiyalar massasini kamaytirish ham alohida
o‘ringa ega. Ammo, qurilishdagi mehnat sarfini qisqartirish, bu bilan qurilish
qiymatining pasayishini bildirmaydi. Masalan, monolit va yig‘ma-monolit uy
qurilishining rivojlangan va yo‘lga qo‘yilgan texnologiyasi yirik panelli uyga
qaraganda, umumiy maydon m.kv. qiymatini pasaytiradi.
Ekspluatatsion harajatlarga isitish, yorug‘lik harajatlari, lift ekspluatatsiyasi,
axlat tashish, umumiy foydalanish xonalarini tozalash, kundalik va kapital ta’mirlar
hamda shu kabi harajatlar kiradi. Ushbu harajatlarni qisqartirish loyihalash
masalaridan biridir. Bu masala samarali isitgichlar va uzoq muddatli bezak
materiallardan foydalanish hisobiga, qavatlarni ratsional rejalash va liftlardagi
me’yoriy passajir yukiga rioya qilish yo‘llari bilan yechiladi.
Jamiyatning iqtisodiy potensialini oshirish va loyihalash – qurilish ishlarini
mukammal tashkil qilish yordamida, turar-uy joy qulayligini oshirish va uning
arxitekturaviy sifatlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: