Toshkent arxitektura qurilish instituti falsafa fanidan mustaqil ish



Yüklə 34,78 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü34,78 Kb.
#163709
FALSAFA TARIXIDA SIVILIZATSIYA



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI 
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISH 
MAVZU: FALSAFA TARIXIDA SIVILIZATSIYAGA TURLI YONDASHUVLAR TASNIFI (AL 
FOROBIY, IBN XALDUN, N.DANILEVSKIY, O.SHPENGLER, A.TOYNBI)
BAJARDI: ISMATOV F.A. 116-21 GURUH T.
TEKSHIRDI: AZIMOVA CH. O’QITUVCHI
Toshkent - 2022


REJA:
1. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari 
2. Forobiy, Ibn Xaldun va N.Danilevskiyning sivilizatsiyaga oid qarashlari
3. O.SHpengler va A.Toynbinilarning sivilizatsiyaga oid qarashlari

Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq.
Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa
fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk
tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar
o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik
davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga
varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar. Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis -
fuqarolikka,
davlatga,
shaharga
taalluqli
ma’nolarini
anglatuvchi
o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda
qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya
tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo
bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida
qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi.
Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va
tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya”
deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda
esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan.


QADIMGI MAYA



XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa
quyoshining
so’nishi”
asarida
madaniyat
va
sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning
fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib,
undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis
faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini
nazarda tutgan. Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning
yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy
jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni
yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini
ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali
hayot
insonni
madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun
shart-sharoit yaratadi. Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va
ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul.
“Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga
xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida
urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi
mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.



Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu
jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui.
Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan
bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning
zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya
sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy
madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha,
sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy)
o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar
Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy
taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan.



Viktor Riketi Mirabo
(1715-1789 yy)
Adam Fergyusson
(1723-1816 yy)



Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta
asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat
tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish
darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik
shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi:
yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi,
ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik
davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot
konsepsiyasi
bilan
uyg’unlashib
ketdi.
Fransuz
faylasuf
ma’rifatparvarlari
aql
va
adolatga
asoslangan
jamiyatni
sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Sivilizatsiya tushunchasiga
turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya”
tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu
davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr
boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda
fikr yuritila
boshlandi
, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-
barangligini tan olishni anglatardi.



O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda
yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini
ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri
italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar
umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan
risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan
tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari
surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil
bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan
feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki
konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi.
Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi
bilan
tugaydi.
Tsikl
yakunlangach,
rivojlanish
jarayoni
yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq
darajada
o’tadi.
Vikoning
g’oyalari
madaniyatlar
va
sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy,
Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan.



1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy)
o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona
madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun
qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat
taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat,
ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va
moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va
yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish
kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi. Tarixni
o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos
olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida
mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar
“asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali
namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi
konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar
kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va
vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan
o’tadi. Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy)
ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining
muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr
tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga
ziddir.


L.Morgan (1818-1881 yy) 
N.Ya.Danilyevskiy
(1822-1885 yy) 


ADABIYOTLAR:

Davronov Z., Shermuhamedova N., Qahhorova M., Nurmatova M., Husanov
B., Sultonova A. Falsafa. – Toshkent: TMU, 2019 

Иззетова Э., Пўлатова Д, Философия. –Т:Шар
қ
шунослик, 2012. 340-б

Чумаков А.Н. Философия. Учебник. 2-издание.-Москва: ИНФРА-М, 2018

Шермухамедова Н.А. Фалсафа. –Т:Ношир. 2012-1207 б

Шермухамедова Н.А. Фалсафа. 2-нашр. Тошкент: Ношир, 2020. 667 бет 

Jaspers. The origin and goal of history. New Haven and London. Yale University 
Press. 1965. P – 77. (P – 19)

Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб хал
қ
имиз билан 
қ
урамиз Т: Ўзбекистон, 2017 - 484 б.

Ильин И.В. Урсул А.Д. Образование, общество, природа.-Москва: изд-во 
МГУ, 2016

Кармин А.С., Новикова Е.С. Культурология. Киев, Харьков-Минск. 2003

Худойберганов Р. Ўлим ва бархаетликнинг фалсафий методологик 
тахлили. Тошўкент: Ўзбекистон, 2017

Yüklə 34,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin