vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga ko’rsatiladigan;
xodimga mehnatda mayib bo’lganligi, kasb kasalligi yoxud sog’lig’iga boshqacha tarzda shikast etganligi bilan bog’liq holda ko’rsatiladigan;
bola tug’ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o’tishi munosabati bilan ko’rsatiladigan;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag’lar berish tarzida ko’rsatiladigan moddiy yordam;
11) ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan to’lanadigan to’lovlar;
12) ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo’yicha pullik to’lovlar va boshqalar;
Soliq imtiyozlari va soliq stavkalari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar uch guruhga bo’linadi:
1. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari.
2. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish .
3. Ayrim toifadagi soliq to’lovchilarning jami daromadini kamaytirish
Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari
Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi:
moddiy yordam summalari:
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
Soliq Kodeksining 377-moddasida ko’rsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri uchun mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
soliq agenti tomonidan quyidagi yo’llanmalar qiymatini to’liq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yo’llanmalar mustasno:
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish muassasalariga yo’llanmalar qiymatini nogironligi bo’lgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi bo’lgan shaxslarga to’liq yoki qisman qoplash summalari;