§1. Innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari O’qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir. Pedagogik jarayonni loyihalashda:
1) pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
2) natijalarni oldindin ko’ra bilish;
3) rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi.
Bu bosqichida o’qituvchining mustaqil, shu bilan birga o’quvchi bilan hamkorlikda o’quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o’rin tutadi.
Fanni o'rganishda o'quv materialining murakkabligi va miqdori ham muhim rol o'ynaydi. Demak – dars o'tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini ham hisobga olish lozim. Masalan, oliy o'quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot asoslari fanini o'rganishda abstrakt tafakkur nihoyatda katta rol o'ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o'rganishga katta yordam beradi. Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim. Dars o'tishda qanday metodni tanlash o'rganilayotgan fanga, uning xususiyatlariga, o'rganiladigan mavzularga bog'liq. Masalan, statistika fanida iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash asosiy rol o'ynasa, buxgalteriya hisobi fanida esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. Bir mavzuning mazmuni munozarada chuqur o'zlashtirilsa, ikkinchisiniki, masala-mashq yechishda ko'proq tushunarli bo'ladi.
Dars o'tish metodini tanlashga ta'sir etadigan yana bir omil darsning shakli va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni. amaliy darsda ham qo'llash kutilgan natijani bermaydi. O'qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar soni ham katta rol o'ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanilgan metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin yoki umuman qo'llash qiyin bo'ladi.
Dars jarayonida qo'llaniladigan metodni tanlashda o'qituvchi bilan talabalar o'rtasida o'quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o'zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun. Dars o'tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o'qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi metodni qo'llash. qanday qilib dars o'tish, darsning mazmuni talabalar ongiga yetkazish o'qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko'nikmasi. mahoratiga bog'liq. Yuzaki qaraganda dars o'tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni qanday qo'llash uchun o'qituvchida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo'ldi, deya fikr yuritamiz. Lekin ko'rib o'tganimizdek, dars jarayonini tashkil etishga ko'plab omillar ta'sir qiladi.
Dars o'tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o'rganilishi, uni mustahkamlash. mavzuni umumlashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham katta rol o'ynaydi. Mavzuni o'rganish uchun metod tanlashda komterdan foydalanish katta imkoniyatlarga ega. Dars o'tish metodini tanlashning asosi algoritmlar bo'lib, o'qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o'rganish uchun kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60 dan ortiq metodlarni 35 ta shartlar asosida tanlaydigan ‘Metod’ dasturlari bo'lib. ular so'zsiz o'qituvchiga dars o'tish metodini tanlashda katta yordam beradi.
Tadqiqotlar yana shuni ko'rsatadiki, o'quvchi, talabalarni kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishni tashkil etishning o'zi yetarli emas ekan. Kutilgan natijaga erishish uchun yana ikki komponent: guruhni rag'batlantirish va shaxsan mas'uliyatni his qilish mexanizmi va uni rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish kerak ekan. Agarda guruh miqyosida rag'batlantirish yetarli bo'lmasa, guruh a'zolari o'z o'rtoqlari o'tilayotgan darsni o'zlashtirishiga uncha ahamiyat bermay qo'yadi. Guruhlami kichik guruhlarga bo'lishni qanday qoidalar yoki tamoyillar asosida amalga oshirish lozim, guruhlar qanday tuzilganda yuqori samara beradi degan savolga aniq javob, universal qoida yo'q. Guruhlami kichik guruhlarga bo'Iishda:
a) qo'yilgan ta'lim maqsadlari, shakli, natijasi;
b) beriladigan topshiriq, texnologik xarita bo'yicha qo'llashni mo'ljallagan ta'lim metodi va usullarini hisobga olishimiz kerak.
Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. Loyihalash (lot. rrojectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini o'zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt ma'lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi.
Loyihalash metodi ta'lim oluvchilarni quyidagilarga:
– fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo'ljal olish;
– faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g'oyalami ilgari stjrish, tadqiqot o'tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash;
– o'z faoliyati natijasiga mas'ul bo'lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to'g'rilash;
– turli yechim. takliflaming natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash);
– jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlaming muhokamasida qatnashishga rag'batlantiradi.
Loyihalash metodini qo'llab, dars o'tish jarayonida o'quvchi, talabalarning vazifasi: – iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish.
O'qituvchining vazifasi: – o'quvchi, talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo'lishi uchun sharoit yaratish.
Bu metodni iqtisodiy fanlami o'rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab chiqishni o'rganadilar. Nazariy va amaliy mashg'ulotlami qanday tashkil etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya'ni darsni qanday o'tkazishni mufassal rejasini ishlab chiqishni, umuman olganda, o'z faoliyatlarini rejalashtirishni o'rganadilar. Shu bilan birga mazkur metodning o'ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni, albatta, hisobga olish zarur.
Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo'yicha qo'llash juda qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni bir fan doirasida hal qilish qiyin.
Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha tayyorlab, qo'yilgan muammoni yecha olmaydi.
Uchinchidan, bu metod o'qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o'z ustida tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi.
Loyihalash metodini qo'llash uchun birinchi navbatda loyihalash ob’yektini aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasini qanday bo'lishini belgilaymiz.
1. Bu o'tilayotgan mavzu bo'yicha qo'yilgan savol yoki yechimini kutayotgan dolzarb masala bo'lishi mumkin. Loyiha talabalarning o'z xohishlari, qiziqishlariga ko'ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo'lishi mumkin yoki o'qituvchi taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni to'plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha ishlab chiqishdan maqsad qo'yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi.
2. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz.
3. Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya'ni faoliyat rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oy- dinlashadi. Aniq faoliyatga asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo'lishi, haddan tashqari murakkab bo'lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi.
4. Loyiha qatnashchilari belgilanadi. Loyiha qatnashchilari o'z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o'quvchi, talabalar bo'lib, ularni loyihada qo'yilgan maqsad birlashtiradi. Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo'shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko'payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo'yiladi.
5. Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo'linsa, uni muddatlari bilan ko'rsatiladi.
6. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
1- bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari, bosqichma-bosqich natijalari ham ko'rsatiladi.
2- bosqich.Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi. Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh bo'yicha qo'yilgan vazifalami bajaradilar. Material, axborot to'playdilar. To'plangan ma'lumotlarni muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi.
3-bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xoniaki varianti yozib chiqiladi. So'ngra yakuniy variant tayyorlanadi. Rasmiy talablar asosida taxlanadi.
4-bosqich. Loyihaning so'nggi varianti ekspertga, taqr ga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan bo'lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalarni gavdalantirishi kerak. Matilda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga o'xshash materiallar bo'lishi shart.
5-bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini elon qilingach, lugallangan hisoblanadi.
6-bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida jyiiri yoki komissiya a'zolari tomonidan baholanadi. Jyuri a'zolari tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan’ loyihani ko'rib chiqib, tanlanib, so'ngra tayyorlangan hisobot ko'rib chiqiladi.
Hay`at ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar muammoni o'rganish darajasi, matnni aniq. tushunarli tarzda bayon qilinishi, o'ziga xosligi, rasmiylashtirish sifati, ko'rgazmali, namoyish materiallardan foydalanilgani, berilgan takliflar va ularni muammoni yechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini mujassamlashtirilgan bo'lishi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan loyihalarni o'qituvchi boshchiligida talabalardan tuzilgan hay'at baholashi mumkin. Talabalar tomonidan tayyorlangan loyihalarni baholash mezonlari:
Talabalar loyiha ustida ishlash jarayonida olgan bilimlaridan, bilish jarayonida xizmat qiladigan amaliy maslahatlardan foydalanishsa, mustaqil tahliliy fikr yuritishga o'rganadilar. Ularda yangi g'oyalar topish, ijodiy fikrlashga, to'g'ri strategiya tanlash, aniq masala-muammoiarni yechish ko'nikmasi hosil bo'ladi. Bunda o'qituvchi ularning ishini kuzatadi. maslahatlar beradi, qo'llab-quvvatlaydi.
Boshqa hech qaysi metod o'quvchi-talabalarda bu metodchalik mas'uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi.
Loyihalash metodi asosida dars jarayonini tashkil etishda o'quv guruhi ichida ishchi guruhlari tuziladi. Ular o'zlashtirish darajalariga qarab uch ishchi guruhga bo'linadi. Bunda kuchli ishchi guruhlar mustaqil shug'ullanganda, o'qituvchi o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchRalabalar bilan mashg'ulot o'tkazishi uchun ko'proq vaqt ajratiladi.
Ishchi guruhlar ishtirokchilarining o'zlashtirish darajasi taxminan teng bo'lganida ta'limda yuqori natijaga erishiladi. Bunday guruhlami ta'lim oluvchilarning o'zlari tuzgani ma'qul, chunki ular o'zlarining qaysi guruhga mos ekanliklarini juda yaxshi bilishadi. 2-va 3-ishchi guruhidan 1-ishchi guruhiga o'tishga imkon beriladi. Kichik guruhlarda har bir o'quvchi yakka tartibda loyiha ishini bajargani uchun individual amaliy usuldan ham foydalanish mumkin.
Individual usulning laboratoriya usulidan farqi, talabalar o'z faoliyati davomida olgan bilimlaridan foydalanib, amaliy vazifani hal etishga harakat qiladi. Ushbu usul talabalar bilimini chuqurlashtiradi, mahoratini oshiradi, shuningdek, ularning o'rganish faoliyatini yanada kuchaytiradi.
Loyihalash metodini amalga oshirish bosqichlarini quyida 2-jadvada keltirib o‘tamiz:
Bu metodni qo'llash, kurs ishi, diplom ishi, bitiruv malakaviy ishi bajarishda yaqqol nanioyon bo'ladi. Buni har bir talaba individual tarzda bajaradi.