Tilning tasviriy vositalari va nutq madaniyati



Yüklə 90 Kb.
səhifə2/4
tarix08.04.2023
ölçüsü90 Kb.
#94826
1   2   3   4
9-ma\'ruza

O'xshatish – narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to'larok, aniqroq, bo'rttiribroq ko'rsatib berish o'xshatish deyiladi. O'xshatish eng qadimiy va ko'p qo'llanadigan tasviriy vositalardandir. U asosan, nutqiy hodisa hisoblanadi.
O'xshatish to'rt asosiy qismdan tarkib topadi: 1) o'xshatilgan narsa; 2) o'xshatiladigan narsa; 3) o'xshatish asosi, belgi; 4) o'xshatish vositasi. Masalan:
«Tog'lardagi qip-qizil lola
Bo'lib guyo yoqut piyola.
Buloqlardan uzatadi suv
El ko'zidan qochadi uyqu» (H.Olimjon).
Bunda o'xshatilgan narsa – lola, o'xshatiladigan narsa – piyola, o'xshatish asosi – yoqut, o'xshatish vositasi – guyo. O'xshatishda chog'ishtiriladigan narsa ham asosan uning to'g'ri ma'nosida qoladi.
1. E p i t e t – (gr.izohlash) – badiiy ifodalikni kuchaytirish uchun ishlatiladi: oltin kuz, baxmal qir, po`lat ot kabi. 2. O` x sh a t i sh – narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to`laroq, aniqroq, bo`rttiribroq ko`rsatib berish; Yoqut payola, suvga tushgan mushukday, xuddi shunday va hokazo. 3. M e t a f o r a – (gr.ko`chim) – obrazlilik, ekspressiv bo`yoq berish niyatida narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshashlikka asoslanib, so`z yoki iboralarni ko`chma ma’noda ishlatish. a) soda metafora: gumbaz, ilon, lochin… b) kengaygan metafora; zangora kema, oq oltin, po`lat qush kabi. 4. M e t o n i m i y a – (gr. Boshqacha nom berish) Tashqi va ichki tomondan bir-biriga aloqador narsa yoki hodisalarning nomi boshqa narsa yoki hodisaga ko`chiriladi. Metonimiya ko`rinishlari quyidagicha: a) narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o`sha narsa (idishga) o`tkaziladi: Bir tovoq (palov) bir kosa (lag`mon), bir payola (choy). b) Muallifning nomi asarning nomi bilan qo`llanadi: Hamzani o`qimoq, Cho`lponni yodlamoq kabi. 34 c) Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan almashtiriladi: A.Qahhor – qalami o`tkir yozuvchi, uning qo`li yengil. d) Biror narsa u yasalgan material bilan almashtiriladi: Atlas kiydi, qog`ozini tekshirishdi va h. e) Ma’lum mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o`rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga, davlat yoki mamlakatga ko`chiriladi: Majlisga butun qishloq yig`ildi va h. f) Aniq tushuncha nomi o`rnida mavhum ma’noli ot qo`llaniladi: Majlis raisga qaradi: yig`ilish qaror qildi va h. 5. S i n e k d o x a – narsalarning son yoki butun qismlari orasidagi munosabatning nazarda tutilishi. Sinekdoxaning quyidagi ko`rinishlari mavjud: a) butun o`rnida qism qo`llanadi. Mo`ylov kulib qo`ydi. Uning, har qalay, yopig`I bor. b) Qism o`rnida butun qo`llanadi: Besh qo`l baravar emas. Dasturxonga qarang. c) Jins o`rnida tur ishlatiladi: pushka-qurol, bedana-qush, sazanbaliq kabi. 6. A l l e g o r i y a (gr. Piching, kinoya) – mavhum tushunchalarni aniq narsa bilan almashtirish. Ko`rpangga qarab oyoq uzat. 7. S i m v o l – hayotiy voqea, tushuncha va narsalar ifodasi uchun shartli ravishda ko`chma ma’noda ishlatiladigan so`z: tong – yoshlik, tun – baxtsizlik, qora – motam. 8. I r o n i y a (gr.kesatik) – biror shaxs yoki uning qilig`I, hodisa ustidan kulish: Kam bo`lmang! Qayt! Bopladingiz! 9. A n t i f r a z a – biror shaxs yoki narsaga xos bo`lgan u yoki bu xususiyat kulgili ohang bilan inkor qilinadi: shirin odam, nimjon ayol (semiz) kabi. 10. S a r k a z m – (gr. Achchiq) shaxs, narsa yoki hodisaning salbiy tomonini ko`rsatish: farishta ayol, bejirim nusxa, yoqimli ish kabi. Uslubiy figuralar Tinglovchi yoki o`quvchiga umumiy hissiy ta’sir ko`rsatuvchi sintaktik qurilmalar uslubiy figuralar deyiladi. 1. A n t i t e z a (gr. Qarama-qarshi qo`yish) – qarama-qarshi tushunchalarni fikr, obraz, narsalarni, shaxslarni xarakterlarini qiyoslash yoki bir xil narsa-hodisalarning daraja jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash. Ko`zlarda yosh, lablarda kulgu, yangicha aza, yangicha bazm kabi. 2. G r a d a ts i ya – (lot. Zinapoya) – narsa, belgi, xususiyat yoki harakatning biridan ikkinchisiga kuchliroq yoki kuchsozroq ma’no ottenkali sinonimik yoki bir xildagi so`zlar vositasida kuchaytirib yoki kamaytirib borish orqali tasvirlashdir. Yuvib tarab, sepib, o`pib, quchib, opichlab. Ey baxtlarni balog`atga yetkazgan ona. 3. Ko`p bog`lovchilik va bog`lovchisizlik – nutqqa keskinlik, shoshilinch tus, tezlik xarakterini kiritish uchun notiq yoki yozuvchi gapda lozim bo`lgan bog`lovchilarni ataylab tushirib qoldiradi yoki sokinlik, ta’kidlash ma’nosini kiritish uchun bog`lovchilarni muayyan tartibda qo`llaydi: Mening xalqimni ro`yobga chiqargan, shod va baxtiyor qilgan, non va osh, kiyim va usti-bosh, e’tibor va obro` bergan narsa bu do`stlikdir.
Metofora – bu grekcha so'z bo'lib, ko'chim, ko'chirma degan ma'noni bildiradi. Nutqda obrazlilik, ekspressiv bo'yoq berish niyatida narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, so'z yoki iboralarni ko'chma ma'noda ishlatish metoforadir. Masalan: kishi umrini g'uncha, bahor, so'lmoq, xazon bo'lmoq so'zlari orqali tasvirlash ko'chma ma'noda ishlatilganligi sezilib turadi. Demak, g'uncha va yoshlik, bahor va yigitlik, o'lmoq va so'lmoq so'zlari anglatgan ma'noda qandaydir yaqinlik mavjud. Metaforani yashirin o'xshatish deyish ham mumkin. Chunki metaforada ham, o'xshatishda ham asosan biror narsa yoki hodisa boshqasi bilan qiyos qilinadi. Ammo ularga bir hodisa sifatida qarash mumkin emas. Yuqorida ko'rganimizdek, o'xshatishda har doim ikki a'zo (o'xshatilgan va o'xshatiladigan) yuzada bo'ladi. Metafora, tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: sodda va kengaygan. Sodda metafora birgina so'zdan tashkil topsa, kengaygan metofora ikki yoki undan ortiq so'zlardan tashkil topadi. Masalan: gumbaz (osmon ma'nosida), arslon, lochin (kuchli odam ma'nosida), tulki (makkor ma'nosida) kabi metoforalar sodda: po'lat ot, zangori kema (paxta terish mashinasi ma'nosida), oq oltin (paxta), zangori oltin (gaz), po'lat qush (samolyot ma'nosida) kabi metoforalar esa kengaygan metoforalardir. Metoforalarni qo'llayotganda so'zning o'z va ko'chma ma'nolari hamda ular o'rtasidagi yaqinlik, o'xshashlikni yaxshi bilish lozim, aks holda aytilayotgan fikr tinglovchi yoki o'quvchida noto'g'ri tasavvur hosil qilishi ham mumkin.Quyidagi misolda metoforaning eng yaxshi namunalarini ko'ramiz: «Bor lochinim, bor shunqorim, yaxshi bor!Bor, arslonim, iftixorim, yaxshi bor!» Uyg'un, «Xayrlashuv»Agar metofora narsa yoki hodisaning nomiga aylanib ketsa, u til asosi sifatida tilshunoslikning ob'ekti hisoblanadi. Badiiy metofora esa yozuvchining individual uslubiga xos bo'lib, uni ko'proq adabiyotshunoslik o'rganadi. Masalan: yoy – asli yomg'ir yoqqandan keyin turli xil fizik-kimyoviy hodisalardan so'ng ko'rinadigan yarim doira shaklidagi rang-barang chiziq. Uning nomi ov uchun qo'llaniladigan qurolga ham o'tgan (kamalak).

Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin