Ohuyi vahshiy magar yo sohiri mardumfirib,
Eyki masti beibo yo nargisi jodumidur?
Muhyining “Nomatbu’i Muhyi alayhirahmatul karim” deb nomlangan
“Kuyub o’ldug’im bani sham’tek o’shal oftob jamoladur” misrasi bilan
boshlanadigan g’azali ham fuzuliyona bo’lib,
ban, bani, banga, o’ldug’im,
aylamaz
kabi ozariy talaffuzdagi so’zlar qo’llangani jihatidan qardosh shoir tili va
uslubidadir:
Bu na baxti badki, raqiblara necha nozu bazmi nishod erdi,
Banga bir boqing, desam, ohkim, bani tole’img’a uyoladur.
Bani o’ldurur ani g’amzasikim, dod etayki parivashim
Na darig’ etar mani qatlima, na tarahhumu na uyoladur.
Tanim o’rtadi ani o’tidin necha aylasam anga arzi dil,
Asar aylamaz bani so’zlarim, na qiloyki, kichkina boladur.
Shoirning o’z g’azalini nomatbu’ deb atashining sababi tavil bahrida bitilgan
uzun ruknli she’rlarning o’qilishi ta’bga muvofiq bo’lmay, o’quvchi uchun uncha
ma’qul va dilkash emas.
Turkiy she’riyatning Hofizi Sheroziysi sifatida ulug’langan Fuzuliyning
o’zining buyuk salafining “Ey Xudo, ko’rganning ko’zini yondiradigan bu go’zal
qaysi xonadonning porloq shami, jonimizni kuydirib kul qildi-ku, surishtirib
ko’ring-chi, uning sevgani bormikan o’zi?” mazmunidagi:
Yo Rab, in sham’i dilafro’z zi koshonai kist?
Joni mo so’xt, bipursed, ki jononai kist? –
bayti bilan boshlanadigan g’azalidan ilhomlanib yaratgan:
Xonsi gulshan gulbuni sarvi xiromoningcha vor?
Xonsi gulbun uzra g’uncha la’li xandoningcha vor? –
846
matlali g’azali bor. Muhyining mana bu misralar bilan ibtido oladigan
g’azalini bir vaqtning o’zida ham Hofizga, ham Fuzuliyga tatabbu deyish mumkin.
Lekin u har ikki g’azaldan ham faqat boshlang’ich turtkini olgan, xolos.
Qaysi gulshanni saningdek bir guli ra’nosi bor?
Qaysi bir gulni maningdek bulbuli shaydosi bor?
Diqqat qilinsa, har uchala matla ham o’ziga xos ohorli g’azallarning
boshlamasi ekanligi ko’rinib turibdi.
Fuzuliy g’azalining maqtasi:
Xonsi gulshan bulbulin derlar, Fuzuliy, san kibi,
Xonsi bulbulning surudi ohu afg’oningcha vor?
tarzida yakunlansa, Muhyi tatabbusi:
Har kim o’z holig’a aylar hadya, Muhyi yorig’a
Gavhari ash’ordin bir tuhfai a’losi bor.
deya nihoyasiga etadi.
G’azal “Ey Fuzuliy, qaysi gulshanning bulbuli senga tenglasha oladi-yu, qaysi
bulbulning nolasi sening ohu faryodingga eta oladi?” – degan faxriya bayt bilan
nihoyalansa, tatabbu “Yoriga har kim o’z holicha hadya hozirlaydi – Muhyining
she’r gavharidan iborat oliy tuhfasi bor”, – degan lutf bilan yakunlanadi. Har
ikkala bayt ham faxriya san’atiga asoslangan bo’lsa-da, ularda ilgari surilgan fikru
tashbehlar yangiligi va ohorliligi bilan ajralib turadi. O’zining oshiq bulbulga
nisbatini esa Muhyi matladayoq bildirib o’tgan edi.
Muhyi buyuk salafining “aylar orzu” radifli g’azalidan ilhomlanib ham “orzu”
radifli g’azal bitgan:
Fuzuliy:
Bulbuli dil gulshani ruxsoring aylar orzu,
To’tiyi jon la’li shakkarboring aylar orzu.
Muhyi:
Aylar ko’ngul, oromijon, doyim jamoling orzu,
Tab’im ham, shirinzabon, shahid maqoling orzu.
G’azal matlasida “Dil bulbuli yuzing gulshanini, jon to’tisi esa shakar
sochuvchi labingni orzu qiladi”, – degan mazmun ifodalangan bo’lsa, tatabbuning
boshlama misralarida “Ey oromijon, ko’ngil hamisha jamolingni, ta’bim esa, ey
shirin so’zli sanam, asalday so’zlaringni orzu qiladi”, – degan ma’no aks etgan.
Tatabbu muallifi g’azaldagi “aylar” fe’lini misralar qatiga singdirib yuborib,
“orzu” so’zining o’zinigina radifga chiqargan. Albatta, vaznda ham o’zgarish bor:
Fuzuliy g’azali ramali musammani maqsur (foilotun foilotun foilotun foilun)da
yozilgan bo’lsa. Muhyi tatabbusi rajazi musammani solim (mustaf’ilun mustaf’ilun
mustaf’ilun mustaf’ilun) vaznida. Fuzuliy matlasida ifodalangan fikr esa Muhyi
tomonidan boshqacha shaklda nazm rishtasiga tizilgan – har ikkala baytda ham
847
aslida mahbubaning go’zal yuzi va shirin so’zi orzusi o’ziga xos betakror tasvirini
topgan.
“Etagin” radifli ramali musammani maqsur vaznidagi 7 baytli g’azalida
Fuzuliy so’zni ma’shuqa ta’rifidan boshlab, irfoniy mushohadalarga o’tadi va
dunyoning g’animatligiga e’tibor qaratib, bahor tasviri bilan unga nuqta qo’yadi.
Muhyining 9 baytli tatabbusi esa mav’iza ruhida bo’lib, kishilarni dunyoga ko’ngil
bermaslik, bil’aks Haqqa muhabbat bog’lashga da’vat etadi. Ya’ni vazn, radif,
qofiya tizimini saqlagani holda, butunlay yangi mavzuda g’azal yaratadi. Ayni
paytda
Dostları ilə paylaş: |