743
iflos bir moziy(zamon)ning mahsuli sifatida axloqsiz bo‘lib yetishadi, imomlikda
ham ma’naviy tubanlik unga doimiy hamroh bo‘ladi.
Xon va Anvar tortishuvida xon obrazida savodsiz, johil, qo‘pol, odamsifat
bir maxluqni ko‘ramiz va beixtiyor ko‘nglimizdan “podshosi shu darajada tuban
bo‘lgan xalq qanday qilib o‘z qaddini ko‘tarsin”, degan xayollar kechadi.
Jilovxonadagi sohbat asnosida Safar bo‘zchining sodda qarashlari bilan tanishamiz,
beg‘araz va keng fe’lliligiga guvoh bo‘lamiz. Nozikning bir ko‘rishdagi muhabbati
haqidagi hikoyasidan qamoqdagi muhabbatga zor qizning ko‘nglidan voqif
bo‘lamiz. Anvarning sarmunshiy bo‘lishini tilagan Sultonalining maxdumga
aytgan so‘zlaridan qarshimizda bag‘rikeng bir inson turganini anglaymiz. Sultonali
Mirzo, Safar bo‘zchi, Muhammad Rajabbek, Toyir, Qobil, Oysha bibilar obrazi
orqali oddiy xalq va hukumat vakillarining insof-diyonati, o‘zbekona samimiyatini
ko‘rsatadi.
Adabiyotshunosligimizda “sevgi uchburchagi” degan norasmiy bir istiloh
mavjud: oshiq, ma’shuq va ag‘yor. Ushbu uch subyektning har biri bir-biroviga
munosabatini namoyon qilgan taqdirdagina muhabbat mojarosi yuzaga chiqadi.
Sirtdan qaralsa, asarda ham shu uch subyektni ko‘ramiz. Ag‘yor rolida mulla
Abdurahmon. Biroq oshiq va ma’shuq o‘zlarining hayotiga tinimsiz aralashib
turadigan ag‘yorning fitnalaridan bexabar. Vaqti kelib o‘z hayoti va muhabbati
qanday yechimga kelishi Ra’noning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib qolgan holatda biz
Ra’no yuragining nechog‘li ulkan qahramonlikka tayyor ekanligining guvohi
bo‘lamiz:
Dostları ilə paylaş: