«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»


International scientific-theoretical conference on the topic



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#96524
1   2   3   4   5
«BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN
GOVERNMENT AND CULTURE» 
www.myscience.uz 
 
198 | 
«Yana norunj va limu mashhur mevalardur. Norunj La.mg‘onotta va Bajur va Savodta ko‘p 
bo‘lur va xo‘b bo‘lur.... norunj mushobahati mevalardin uluh limudurkim, Hindustonda galgal 
limu deydurlar. Аndomi soz yumurtqasig‘a o‘xshar, vale yumurtqadek ikki boshn inichkarak 
emas. Muning po‘sti ham sangtora po‘stidek hamvordur, g‘arib serob bo‘ladur» [ Bobur, 
1960:355] 
«Boburnoma» asarida ham sayohatnomaga xos muallif obrazi markaziy o‘rinni egallaydi. 
Muallif sayyoh nigohi orqali barcha ko‘rgan va bayon etgan tafsilotlar va voqealarga o‘z 
munosabatini, kechinmalari samimiy tarzda bayon etadi. Аsarning uchinchi, yaʼni Hindiston 
tasviriga bag‘ishlangan sahifalarida Bobur sayyohlarga xos o‘zining sinchkov nigohi notanish, 
begona o‘lkaning taʼrifida yanada teranroq kuzatiladi. Muallif yo‘lda ko‘rgan har bir narsa, 
predmet, hayvonlar, tabiat manzaralari, atrofdagi odamlarni kuzatuvchi-sayyoh sifatida ularning 
har biriga izchillik bilan taʼrif beradi, ularning xususiyatlarini, o‘ziga xos jihatlarini, ijobiy va 
salbiy taraflarini ko‘rsatishga, har bir hodisaning sabablarini izlashga, aniqlashga intiladi. 
Muallif o‘z kuzatuvlari davomida nafaqat shunchaki yangi xabar, maʼlumot beruvchi 
sifatida, balki o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan atof muhitdagi barcha narsalar, inshoatlar, o‘simliklar, 
falakda parvoz qilayotgan qushlar, quruqlikdagi va suv ostidagi ajoyib mavjudotlarning tashqi 
belgilari bilan bir qatorda, ularning tabiatini ham ochib berishga intiladi. O‘zi guvoh bo‘lgan va 
ko‘rgan narsalarining insonlarga foydali jihatlariga ham alohida ahamiyat beradi. 
Bobur Mirzoning mazkur asarini yuqorida qayd qilingan Samarqandiyning fors tilida 
yozilgan «Matlai saʼdayn» nasriy asaridagi Hindiston safariga bag‘ishlangan qismida mushtarak 
jihatlar ham kuzatiladi. Samarqandiyning ham mazkur asarida Hindiston tasviri jonli tarzda aks 
ettirilgan. Samarqandiy oldindan belgilangan manzilga yetib borish masofasini, yo‘llarni, joy 
nomlarini, safar davomida bo‘lgan mamlakatlarning tabiati, ob-havosi bilan bir qatorda, o‘sha 
yurtning ijtimoiy ahvolini, u yerlar xalqlarining madaniyati, yashash tarzi, diniy eʼiqodi haqida 
ko‘plab qimmatli maʼlumotlarni yozib qoldirgan. Samarqandiy o‘z safarnomasida Hindistonning 
turli hududlari, jumladan o‘z davrida qudratli Vijayanagar davlatini qo‘yidagicha taʼriflaydi: «Men 
g‘oyat katta va obodon bir shahar hamda saltanat va hukmdorligi nihoyat kamolga yetgan bir 
podshohni ko‘rdim: uning mamlakati Sarandib chegarasidan Gulbarga viloyatigacha va Bangola 
chegaralaridan Malibor yerigacha (bulib), ming farsangdan ortiq keladi; viloyatlarining ko‘pi obod 
va hosildor; bir-biriga barobar uch yuz bandarga, mingdan ortiq, tog‘dek baland...» [Samarqandiy, 
2008:137]. Sayyoh-muallif har bir hududni tariflashda ularni solishtirib, qiyoslab baho berishga 
urinadi. Bu ikki asarda ham yo‘l xotiralari tasvirining o‘xshash jihatlari bilan bir qatorda o‘ziga 
xos muhim jihatlari mavjud. Qiyoslash natijasida Bobur Mirzoning «Boburnoma» asarida 
publitsistik tasvir yetakchi ekaninligini kuzatsak, Samarqandiyning «Hindiston safari»da esa 
muallifning asosiy eʼtibori tarixiy voqealar va uning tafsilotiga qaratilganligiga guvoh bo‘lamiz. 
Аsarda keltirilgan muhim tarixiy maʼlumotlarning o‘z davrining siyosiy va madaniy hayotidan 
to‘la xabardor bo‘lgan tarixshunos olim tomonidan yaratilganligiga guvoh bo‘lamiz. 
«Boburnoma»da yo‘l xotiralari tasviri asarning katta qismidan joy olgan bo‘lib, har bir 
sohani qamrab olgan ulkan entsiklopedik asardir. «Boburnoma» ilmiy-memuar asar bo‘lishiga 
qaramay, unda sayohatnomaga xos barcha unsurlar, xususiyatlarning mujassam ekaniga guvoh 
bo‘lamiz. Shu sababli, biz ushbu asarni o‘rta asrlar mumtoz adabiyotida turkiy tilda, nasrda 



Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin