Thank You Letter Doc in Green Gold White Watercolor Elegant Style



Yüklə 79,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü79,82 Kb.
#200661
Thank You Letter Doc in Green Gold White Watercolor Elegant Style (1)



Mavzu: BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET HISOBINI
TASHKILIY USLUBLARI
Reja:
1)
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari 
hamda xususiyatlari;
2) Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tartibga solishning qonunchilik asoslari;
Budjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq 
bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat Budjet idan mablag’ 
ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai 
hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. Budjet 
tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha Budjet va 
Budjet dan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston 
Respublikasining ― Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuniga va O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga hamda boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. Vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi Budjet 
tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 
buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida 
ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. Budjet tashkilotlarida budjet 
hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi)ni 
daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq 
hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan 
iborat. Budjet tashkilotlarida budjet hisobining vazifalari quyidagilardan 
iborat:
- Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida 
tashkil etish;
- Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lardan maqsadli 
foydalanishni ta’minlash;
- Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini 
hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
- Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati 
va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq 
hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;


- Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini 
shakllantirish;
- Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va 
hisobotlarni tuzishdan iboratdir;
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
keng foydalanish va boshqalar.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini alohida hususiyatlari quyidagilardan 
iborat:
1.Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi;
2.Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi;
3.Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi;
4.Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilingan 
xolda yuritilishi.
Davlat sektori buxgalteriya asoslarining (Xorijiy tajriba) 1.Davlat sektori 
muassasalarida moliyaviy axborotlarni to`plashning uchta asosiy tamoyili 
mavjud. Jumladan: 1) 
Kassa usuli
; 2) Hisoblash usuli; 3) Ishonch (kelishuv) 
Budjet tashkilotlarida budjet hisobi memorial order shaklida olib boriladi. 
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha 
tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma 
qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 1-memorial order – kassa operatsiyalari 
bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 2-memorial order – Budjet 
mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 3-
memorial order – Budjet dan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma 
qaydnoma, 381-son shakl; 5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar 
bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl; 6-memorial order – 
turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha 
jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 8-memorial order – hisobdor shaxslar 
bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl; 9-
memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga 
ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 11-memorial order 
– oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son 
shakl; 12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir 
jamlanma qaydnoma, 411-son shakl; 13-memorial order – materiallar sarfiga 
doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 1 Public sector accounting and 
finance 3 15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik 
uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 
406-son shakl. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, 
asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, Budjet dan tashqari daromadlar 


hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno operatsiyalari 
bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy 
uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Operatsiyalar hajmiga 
qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda 
subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial orderlarda (274-son 
shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatiladi. Alohida 
memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo 
boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan 
ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. 
Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv 
qoidasiga muvofiq yozib boriladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki 
uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha 
memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi da ro’yxatga 
olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. O’zbekiston 
Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida gi qonuniga hamda Budjet 
tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 
yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq Budjet 
tashkilotining bosh hisobchisi, hisobchilari, buxgalteriya xizmatining 
rahbarlari (keyingi o’rinlarda bosh hisobchi deb yuritiladi) mazkur tashkilot 
rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod qilinadi. Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha 
tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o’zlarining 
tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy 
hisobotlarni to’g’ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim. Bosh 
hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy 
bo’linma hisoblanadi. Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot 
rahbariga bo’ysunadi. 
Buxgalteriya hisobini yuritish
, hisobotlarni tuzish va 
taqdim qilish masalalari bo’yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari 
yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo’ysunadi hamda tashkilotda 
buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida va to’liq 
topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo’riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo’ladi. 
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim 
uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional 
belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki 
alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi. 4 
Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida 
belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan 


komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv 
hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish– 
topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya 
tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan 
holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin. Budjet tashkiloti bosh 
hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobini 
Yo’riqnomaga va boshqa normativhuquqiy hujjatlarga amal qilgan holda 
yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; buxgalteriya hujjatlarini 
o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan 
operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish; Budjet mablag’larini, 
shuningdek, Budjet dan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda 
tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari 
va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish; tizimiga 
kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq 
yuritilishini nazorat qilish; tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga 
tenglashtirilgan to’lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning 
stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z 
vaqtida hisoblab chiqish

smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan 
olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; pul mablag’lari, 
hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va 
majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya 
natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya 
hisobida aks ettirish; moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida 
turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish 
yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish; moddiy qimmatliklarni olish uchun 
berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini 
nazorat qilish; moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va 
topshirish; tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga 
ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki 
ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda 
tutilmagan bo’lsa); asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni 
ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish; 
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini 
(ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar 5 rejalashtirish 
bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida 
nazarda tutilmagan bo’lsa); qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni 
bajarilishini ta’minlash. Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi 


vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega: 
buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash 
yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab qilish; 
tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni 
qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal 
qilinishini tekshirib turish; mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda 
qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida 
tashkilot rahbariga takliflar kiritish; tashkilotning barcha bo’linmalaridan 
buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va 
ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab 
qilish; qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. Bosh 
hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: buxgalteriya hisobi noto’g’ri 
yuritilib
, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda 
(noto’g’ri tuzilganda); pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni 
kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga 
zid operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan 
hollarda; pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto’g’ri amalga oshirilganda; 
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya 
hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda; buxgalteriya hisobini tashkil etishga 
doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda. Budjet 
tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 
yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq schyotlar rejasi 
joriy etiladi. Barcha schyotlar beshta qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib 
ular quyidagilardan iborat: I. Nomoliyaviy aktivlar; II. Moliyaviy aktivlar; III. 
Debitorlar va kreditorlar; IV. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar; V. 
Balansdan tashqari schyotlar. 6 Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi 
bo’limlari aktiv schyotlar hisoblanadi, uchinchi bo’lim schyotlari aktiv-passiv 
schyotlar, to’rtinchi bo’lim schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi. Budjet 
tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni turlari va 
tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib 
umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet tashkilotlari 
balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni 
nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat. 
Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat. 
Mavzu. Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag„lar 
bo„yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda 
shtatlar jadvalini tuzish

tasdiqlash va taqdim etish tartibi. Reja: 1.Budjet tashkilotlarida xarajatlar 


smetalarini o

rni axamiyati; 2. Budjet mablag

lari bo

yicha xarajatlar 
smetasini tuzish tartibi; 3. Budjet dan tashqari mablag

lar bo

yicha 
smetalarni tuzish tartibi; 4. Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va ularni 
shakllantirish; 5. Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetalari, shtatlar jadvalini 
tasdiqlash va ro

yxatdan o

tkazish. Xarajatlar smetasi – tashkilotlar 
tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, 
unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo’yicha ko’zda tutilgan Budjet 
dan ajratilgan mablag’lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari 
tomonidan belgilangan tartibda Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar 
daromadlari va xarajatlari bo’yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi 
ta’minlanadi. Bunda O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston 
Respublikasining respublika Budjet larida hamda mahalliy Budjet larda 
turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar 
smetalari asosida amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli 
―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish 
to’g’risida gi qaroriga muvofiq xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat Budjet 
idan mablag’ bilan ta’minlanadi: I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar 
(bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, 
stipendiyalar va boshqalar); II. Ish haqiga qo’shimchalar; III. Kapital 
qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga 
muvofiq); IV. Boshqa xarajatlar. Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida 
Budjet tashkilotlari Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini 
shakllantiradi. 7 Budjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar 
smetasi tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar 
smetasini tuzadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – tashkilotlarning xarajatlar 
smetasi tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar amal qiluvchi 
hujjat bo’lib, unda Budjet tashkilotlari uchun ko’zda tutilgan, qonunchilikka 
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi 
choragidagi Budjet dan ajratiladigan mablag’larning uchdan bir qismidan 
ortiq bo’lmagan miqdorlardagi Budjet dan ajratilgan mablag’lar (xarajatlar 
rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lari – 
qonunchilikda nazarda tutilgan Budjet dan tashqari manbalar hisobidan 
tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag’lardir. Budjet tashkilotlarida 
Budjet dan tashqari mablag’lari tashkil bo’lish manbaalari quyidagilardan 
iborat: - Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari; - Tibbiyot 
muaasasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi 
mablag’lari; - Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli 


mablag’lari; - To’lovlarning maxsus turlari bo’yicha mablag’lar; - Boshqa 
Budjet dan tashqari maxsus mablag’lar. Yuqorida keltirilgan Budjet dan 
tashqari mablag’lar bo’yicha alohidaalohida daromadlar va xarajatlar 
smetalari tuziladi. Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta – 
tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan 
hujjat bo’lib, unda tashkil bo’lish manbaalari va ushbu mablag’larning 
qonunchilikka muvofiq foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda Budjet dan 
tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi 
Tashkilotlar, agarda qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, 
mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, Budjet dan tashqari mablag’lar 
bo’yicha smetani, shuningdek, shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy 
tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va Budjet dan moliyalashtirish 
me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Xarajatlar smetasiga 
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari

qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining, 
shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli 
hokimiyatlar ularga berilgan tegishli huquq va vakolatlar doirasidagi qarorlari 
va farmoyishlarida ko’zda tutilgan xarajatlar kiritiladi. Xarajatlar smetasi va 
Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta bir yillik muddatga – 1 
yanvardan 31 dekabrni ham qo’shgan holda, mavsumiy yoki joriy yilda ishga 
tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi 
faoliyat ko’rsatish muddatiga tuziladi va amal qiladi. 8 Xarajatlar smetasi 
O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjet i xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga 
muvofiq xarajatlar guruhlari bo’yicha, 4 guruh xarajatlarining to’liq 
yoyilmasini va hisob-kitoblarni o’z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda 
tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo’lib, smetasining 
prognoz hisob - kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida 
foydalaniladi. Xarajatlar smetasi bo’yicha xarajatlarni hisoblab chiqish 
mablag’larga bo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish 
ko’rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga 
olgan holda amalga oshirilishi shart. Xarajatlarni hisoblab chiqishda 
quyidagilarga amal qilish kerak: O’zbekiston Respublikasi qonunlari va 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston 
Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning 
ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va 


farmoyishlariga; Budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan 
xarajatlar me’yorlariga; tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga 
solinadigan baholari va tariflariga. Tashkilotlar belgilangan shaklda Budjet 
dan tashqari mablag’lar bo’yicha smetani har yili tuzadilar va tasdiqlaydilar. 
Bunda, tashkilotlar Budjet dan tashqari mablag’lar tushumlarini va 
xarajatlarini rejalashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga 
oshiradilar. 1. Tashkilotlar quyidagi Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha 
smetalarni tuzadilar: - Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi; - 
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
Byudjet hisobi bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat
byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi 
jarayonida hisobga olinadigan 
moliyaviy
, nomoliyaviy hamda moliyaviy 
majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga 
olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi 
jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni 
shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet
mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar 
majmuasidir.
Byudjet hisobi Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan 
tashqari
jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati 
haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Byudjet hisobining vazifalari:
1. Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
2. Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga 
olish;
3. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet 
mablag’larini holati 
va harakatini aks ettirish
;
4. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga 
oshirish va natijalarini shakllantirish;


5. Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning 
holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda 
moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni 
shakllantirish;
6. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va 
hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
7. Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:
8. Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi;
9. Byudjet ijrosini nazorat qilinishi;
10. Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;
11. Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi;
12. Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;
13. Byudjet tashkilotlarida soxa hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi 
va boshqalar.
14. 
Byudjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga 
qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni 
tasdiqlangan byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga 
rioya qilish va boshqalar.
Byudjet hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi 
va uning hududiy boshqarmalari
, bo’limlari), 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy 
bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, byudjet tashkilotlari bo’lib 
hisoblanadi.
Byudjet hisobining obektlari bo’lib, byudjet ijrosi jarayonida byudjet
daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari, 
hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet 
tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, 
majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi


Byudjet hisobining uslubiy asoslarini byudjet ijrosi buxgalteriya hisobiga 
oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi.
Davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish
vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet hisobi bo’yicha 
quyidagilarni amalga oshiradi:
15. davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga
16. 
uslubiy rahbarlik qiladi;
17. byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, byudjet 
tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy 
ko’rsatmalarni ishlab chiqadi;
18. respublika byudjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi.
19. 
Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet 
hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi
yillarda byudjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar 
qabul
qilindi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobini yuritilishini uch 
yunalishga ajratish mumkin, ya’ni:
20. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar 
ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari 
hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari 
tomonidan olib boriladi;
21. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul 
jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa byudjetdan tashqari
22. 
jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalar 


tomonidan olib boriladi;
23. 
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi 
bo’yicha -byudjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
24. 
Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy 
bo’linmalarida byudjet hisobi yuritilib Davlat byudjeti g’azna ijrosi 
sharoitida Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy 
byudjetlar
daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi 
natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Xozirgi 
kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy 
boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy 
bo’limlarida byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa 
usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika byudjeti ijrosi hisobi 
daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq 
amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi 
natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi hisobi 
daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq 
amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi 
natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy 
boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya 
bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda G’aznachilik va 
uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi bo’yicha 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2- 
sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va 
byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi 
buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi

Yüklə 79,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin