Fanni o'qitishdan maqsad – talabalarga diskret tuzilmalar fani bo'yicha bilimlarning nazariy asoslarini, diskret matematikaning asosiy tushunchalarini, mantiqiy va algoritmik fikrlashni, matematik ko'rinishda formallashtirilgan masalalarni o'zlashtira olishni, matematik ko'rinishda formallashtirilgan masalalarni echa olishni, olingan echimlarni tahlil etishni, diskret tuzilmalarva uning tatbiqlari bo'yicha o'quv adabiyotlarini mustaqil o'rganishni, diskret tuzilmalarfaniga doir asosiy tushunchalarning mutaxassislik fanlari bilan bog'liqligini o'rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi. Talaba:
diskret tuzilmalarfaniga oid bilim asoslari, asosiy tushunchalar, ularning amaliyotga tatbiqi bo'yicha aniq tasavvurga ega bo'lishi;
diskret tuzilmalar faniga oid bilim asoslarini, graflar nazariyasi, matematik mantiq elementlari va ularga doir qoidalar, tushunchalarni bilishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi;
talaba diskret tuzilmalar faniga doir masalalarni tahlil qilish, ularni mustaqil echa olish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
“Diskret tuzilmalari” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: