Texnologiyalardan samarali foydalanish


Journal of Advanced Research and Stability



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#148017
1   2   3
Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
888
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
 
Special Issue | 2022

 
o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. O‘qish, ona tili, matematika va tabiatshunoslik 
fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko’rgazmali slaydlardan dars 
jarayonlarida foydalanish mumkin. 
Masalan: 

o‘qish va ona tili fanlarida katta ekranda harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra 
kichik ertak va hikoyalarni o’qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish; 

matematika fanida oddiy amallardan foydalanib, slaydlar yordamida masalalar yechish, turli 
xil hisob-kitobli o‘yinlar tashkil qilish; 

tabiatshunoslik fanidan tabiatdagi hodisalar haqidagi sodda slaydlar yordamida tushunchalar 
berish mumkin. 
Ushbu usullardan foydalanish yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini 
rivojlanishiga, og‘zaki hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash 
qobilyatini rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 
Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish 
o‘qituvchiga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar 
shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni 
oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. 
Bunga misol qilib, 4-sinf ona tili darslarida foydalanish uchun yaratilgan “Kelishiklar” 
mavzusidagi elektron taqdimotni aytish mumkin. 
Elektron darslikdan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali 
o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga 
interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, 
audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi. 
Kitob.uz saytida 1-4 sinf o’quvchilari uchun deyarli barcha fanlarning elektron darsliklari 
mavjud. Ammo ular matn va ovoz shaklida taqdim etilmagan. Elektron darsliklarni matn va 
ovoz shaklida, slayd-shou ko‘rinishda berish maqsadga muvofiq. Audio va video axborotlarning 
o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun RTM tomonidan yaratilgan “Sanashni o‘rganamiz”, 
“Alifbo saboqlari”, “Aljabr”, “5x5” , kabi elektron dasturlar o’zining qiziqarliligi, o‘quvchilar 
yoshiga mosligi, foydalanish uchun soddaligi, intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy 
mushohada yuritishga chorlashi bilan ahamiyatlidir. 
“Sanashni o‘rganamiz” – boshlang‘ich sinf o’quvchilari uchun matematika fanidan elektron 
o’quv vositasi. Mazkur elektron dars ishlanma orqali boshlang‘ich sinf o’quvchilari 4 amalni 
bajarish ko‘nikmasini hosil qilish bilan birgalikda kompyuterning “sichqoncha” qurilmasidan 
foydalanish ko‘nikmasi shakllantiriladi. 
“Alifbo saboqlari” - 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Alifbeni o‘rgatuvchi dastur 
hisoblanadi. Dasturning afzallik tomoni shundaki, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini 
o‘stirish (harfni talaffuz qilish va yozish, o‘sha harf bilan boshlanuvchi narsalarning nomlarini 
o‘rganish) ga yordam beradi. Shuningdek, harflar o‘rganilgandan so‘ng, mustahkamlash 
maqsadida rasm beriladi. Berilgan katakchaga rasmdagi narsaning nomini topib yozish 
topshiriladi. Shu yerda o‘quvchining kompyuter orqali yozuv malakalari shakllantirilib boriladi, 
test bilan ishlashga ham o‘rgatiladi. 
“Aljabr” - 1-sinf matematika darslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. 
Dastur orqali o‘quvchilar 10 ichida raqamlashni, tartiblashni, qo‘shish va ayirish amallarini 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin