Texnologik xaritasi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#210822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
portal.guldu.uz-Ona tili(1)


Ona tili va adabiyot fanidan
AMALIY MASHG`ULOTLARINING MAZMUNI
TEXNOLOGIK XARITASI


Mavzu: Sintaktik aloqa va munosabatlar. Predikativ va nopredikativ munosabatlar



Mashg‘ulot vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 20-25 tagacha

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot

Mavzu

Sintaktik munosabatlar. Predikativ va nopredikativ munosabatlar

Amaliy mashg‘ulot rejasi:

  1. Sintaktik munosabatlar va sintaktik aloqa

  2. Sintaktik munosabatning turlari

3. Nopredikativ munosabat: atributiv, relyativ, obyektli

O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Sintaktik munosabatlar haqida umumiy ma’lumot, uni sintaktik aloqadan farqlash, uning turlari: atributiv, relyativ, obyektli munosabatlarni bir-biridan farqlash, gapdagi sintaktik munosabat turlarini tahlil qilish


Pedagogik natijalar:

  • Sintaktik munosabat va sintaktik aloqaning o‘zaro farqi, ularning turlari bo‘yicha savol-javob o’tkazish orqali bilimlarini aniqlash;

  • Sintaktik munosabatning turlari haqidagi umumiy ma'lumotlarni savollar asosida aniqlash;

  • Nopredikativ munosabat: atributiv, relyativ, obyektli haqidagi nazariy ma'lumotlarni umumlashtirish;




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Sintaktik munosabat va sintaktik aloqaning o‘zaro farqi, ularning xususiyatlari haqida tashkil etilgan nazariy munozara orqali o`rgangan bilimlarini namoyon etadi;

  2. Sintaktik munosabatning tahlili ustida ishlash orqali bilimlarini mashqlar bilan mustahkamlaydilar;

  3. Nopredikativ munosabat: atributiv, relyativ, obyektli turlari haqidagi bilimlarini misollar asosida aniqlaydilar .

Ta’lim berish usullari

Anjuman, FSMU, Aqliy hujum

Ta’lim berish metodlari

Og‘zaki, hikoya, suhbat, ko‘rgazmalilik, namoyish qilish.

Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska.

Ta’lim berish sharoiti

Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan auditoriya.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat, savol-javob.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin