Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan kurs ishi mavzu: Ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarni tayyorlash,texnalogik xarita yaratish


Texnalogiya fanida Ayollar yubkasini maketini tayyorlashda ishlatiladigan asosiy vositalar



Yüklə 107,01 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü107,01 Kb.
#208481
1   2   3   4   5   6   7
Ahmadjonova Mahmuda ayollar yubkasi asos chizmasi

2.2. Texnalogiya fanida Ayollar yubkasini maketini tayyorlashda ishlatiladigan asosiy vositalar.
Yubka etagini tikish.
Yubka etagini bukish uchun burlashda uning old va ort bo’laklari o’rtasidan bukilib, yon choklari, vitachkalari va boshqa simmetrik choklari bir-biri bilan ustma-kst keltirilib stolga yoyiladi – bunda yubkaning o’ngi tashqarida, tesakrisi esa ichkarida bo’lishi kerak. Andaza qo’yilib, bukish chiziqlari belgilanadi.
Yubkaning etagi belgilangan chiziq bo’yicha bukib, ochiq qirqimini ichkariga bukib yashirin baxyali maxsus mashinada tikiladi. Yubka tez titilib ketadigang materialdan tikilayotgan bo’lsa uning etak qirqimi avval bir marta bukib-universal mashinada tikib olinadi yoki qirqimga tasma qo’yib tikib olinadi, keyin yashirin baxyali mashinada tikiladi. Qalin va titilmaydigan gazlamalardan tikiladigan yubkalarning etak qismiga ishloa berishda “o’rgimchak uya” yelim tasmasidan foydalanish ham mumkin. Yubka ip gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, uning etak qirqimi universal mashinada yopiq qirqimli bukma chok bilan tikilish mumkin.
Astarli yubkani tikish
Cho’ziladigan materiallardan tikiladigan yubkalar shaklini saqlash uchun hamda qalin gazlamalardan tikiladigan qishgi yubkalarga astar qo’yib tikishsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yubka astarini taxlama va burmalar uchun haq tashlamasdan bichiladi. Taxlamali yubkalarda astar chokini taxlama ostiga to’g’rilab, pastda harakat erkinligi uchun kesim qoldiriladi.
Yubka orqa bo’lagidagi kesimga ishlov berishYubkaning orqa bo’lagidagi o’rta chokda (ba’zan yon choklarda ham) ajratib qirqib hosil qilingan ochiq joy kesim deyiladi. Kesim hosil qilish uchun, bichiqda tikish haqi qoldiriladi. Kesimlar kiyim bezagi sifatida ham, kiyimni kiyib yurish qulay bo’lishi uchun ham xizmat qiladi. Kesim ziylari barqaror bo’lishi uchun uning tesakri tomoniga yelimli noto’qima material (proklamelin, flizelin)dan bo’ylama qo’yiladi.
Bo’lakning chap tomonidagi chok haqiga bo’ylama o’rta chiziqqacha yopishtiriladi. O’rta chok tikib, yo’rmalgandan so’ng yorib dazmollanadi. O’ng tomonda chokka 0,1-0,2 sm yetkazmay kertim beriladi. O’ng tomonda kesim belgilangan chiziq bo’yicha bukib dazmollanadi va mashinada tikiladi, chap tomonda o’rta chok davomida chok haqi bilan bir chiziqda yotqizib dazmollanadi. Yubkaning etak qismi belgilangan chiziq bo’yicha bukib keo’klanadi va dazmollanadi. Orqa bo’lakni o’ngiga ag’darib kesmaning har ikkala tomonini to’g’rilab, qo’lda ko’klab qo’yiladi, kesimning yuqori qismi chokka nisbatan 45o qiyalikda mashina chok bilan puxtalanadi. Yubkaning pastki qirqimi yashirin qaviq bilan qo’lda yoki maxsus mashinada bukib tikiladi. Kesimning pastki qismi ham etak chok haqiga yashirin qaviqlar bilan chatib qo’yiladi.
Yubka astarining etagi tayyor holda avra etagining bukish haqi qirqimigacha bo’ladi. yubka astarini avra bilan faqat yuqori qirqimi bo’yicha biriktiriladi. Vitachka va choklar belgilangan chiziqlar bo’yicha tikiladi. Astarning taqilmaga to’g’ri keladigan choki tikilmasdan ochiq qoldiriladi. O’rta chokda, yurish erkinligi uchun beriladigan kesim joyida, baxyaqator pastga 15-20 sm yetmasdan to’xtatiladi, chok yorib dazmollanadi, tikilmagan joyidagi chok haqi ichkarigap 0,3-0,5 sm bukiladi va bukilgan ziyidan 0,1 sm oraliqda mashinada tikiladi. Astar etak qismi yopiq qirqimli bukma chok bilan universal mashinada yoki siniq baxyali maxsus mashinada tikiladi.



XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, cho’ziladigan materiallardan tikiladigan yubkalar shaklini saqlash uchun hamda qalin gazlamalardan tikiladigan qishgi yubkalarga astar qo’yib tikishsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yubka astarini taxlama va burmalar uchun haq tashlamasdan bichiladi. Taxlamali yubkalarda astar chokini taxlama ostiga to’g’rilab, pastda harakat erkinligi uchun kesim qoldiriladi.
Yubka astarining etagi tayyor holda avra etagining bukish haqi qirqimigacha bo’ladi. yubka astarini avra bilan faqat yuqori qirqimi bo’yicha biriktiriladi.
Vitachka va choklar belgilangan chiziqlar bo’yicha tikiladi. Astarning taqilmaga to’g’ri keladigan choki tikilmasdan ochiq qoldiriladi. O’rta chokda, yurish erkinligi uchun beriladigan kesim joyida, baxyaqator pastga 15-20 sm yetmasdan to’xtatiladi, chok yorib dazmollanadi, tikilmagan joyidagi chok haqi ichkarigap 0,3-0,5 sm bukiladi va bukilgan ziyidan 0,1 sm oraliqda mashinada tikiladi. Astar etak qismi yopiq qirqimli bukma chok bilan universal mashinada yoki siniq baxyali maxsus mashinada tikiladi.
Yuqori qirqimi bo’yicha astar bilan avra, astarni avra ichiga teskari tomonlarini bir-biriga qaratib joylab olib, ko’klab chiqiladi. Bunda vitachkalar va choklar mos tushishi kerak. Belbog’ bilan yoki korsaj lenta bilan ishlov berilishda astar qo’shilib tikilib ketiladi. Taqilma qismida astarning bukilgan chetlari avraning chok haqiga bostirib tikiladi.
Konussimon kengaytirish darajasi gazlama xususiyatiga bog’liq holda silliq yoki taxlamador shakllar hosil bo’lishiga olib keladi. Detal kengayishi 4-5° dan oshsa, silliq konussimon shakl taxlamador shaklga o’tadi. Buyum uzunligi oshgan sari konus o’z shaklini yo’qota boshlaydi. Tanda ipining detal uzunasiga 45° burchak ostida yo’nalishi konussimon shaklning taxlamadorligini vujudga keltiradi. Yubka tikishda asosiysi e’tibor va mehir kerak desak mubolag’a bo’lmaydi.



Yüklə 107,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin