Test o'tkazish va uning natijalarini qayta ishlash. O'tish ballarini belgilash



Yüklə 15,41 Kb.
səhifə2/3
tarix22.10.2023
ölçüsü15,41 Kb.
#159543
1   2   3
Test o\'tkazish va uning natijalarini qayta ishlash. O\'tish ballarini belgilash

nishda teng imkoniyatlar bo‘lishi uchun test topshiruvchining individual xususiyatlari (masalan, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy imkoniyatlari) uning test topshirishiga ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Masalan, ko‘rish imkoniyatlari cheklangan test topshiruvchilar uchun katta harflar bilan yoki Brayl alifbosida chop etilgan test kitoblaridan foydalanish imkoni yoki jismoniy harakati cheklangan test topshiruvchilar uchun test o‘tkaziladigan binolarga kirish imkoniyatlari yaratilishi lozim. Bunday holatlar uchun kimga, qay tartibda murojaat qilinishi, qanday asoslarga ko‘ra test topshiruvchilarga ularning ehtiyojlarini hisobga olgan holda sharoit yaratilishi haqidagi ma’lumotlar oldindan e’lon qilinishi zarur.
Test bilan bog’liq уana bir muhim tamoyil shaffoflikdir.
Shaffoflik — test jarayonining barcha qatnashchilari (test topshiruvchilar, testni o’tkazishga mas’ullar, testni baholaydiganlar, test natijalarini ishlatadiganlar) testda nima talab qilinishi va test topshiruvchilarning ishlari qanday baholanishi haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi.
Shaffoflik ta’minlanishi uchun test qanday domen va konstruktlarni tekshirishi, bu tekshirish qay tarzda amalga oshishi, test topshiruvchilar qanday mezonlar asosida baholanishi haqidagi ma’lumotlar oldindan e’lon qilinishi va bu ma’lumot bilan tanishish uchun barchada imkoniyat bo‘lishi shart. Odatda, testlarni (ayniqsa, yuqori ta’sir kuchiga ega testlarni) tayyorlashga mas’ul tashkilotlar bunday ma’lumotlarni o‘z rasmiy saytlarida e’lon qiladilar va doimiy ravishda yangilab boradilar. Shuningdek, test kunida ham test topshiruvchilarga testni topshirish jarayoni bilan bog’liq yetarlicha ma’lumot berilishi lozim. Test topshiruvchilarga beriladigan test materiallari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • testning maqsadi;


  • test uchun ajratilgan vaqt - agar test bir necha qismlardan iborat bo‘lsa, testning har bir qismi uchun ajratilgan vaqt, shuningdek, ochiq test topshiriqlari uchun sarflanishi lozim bo’lgan vaqt ham ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq;


  • test topshiriqlariga qanday javob berish va javoblarni qayerga qayd qilish bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar (masalan, javoblarni alohida javoblar varaqasiga ko‘chirish lozim bo’lsa, bu haqda aniq ma’lumot berilishi lozim) berilishi;


  • agar turli test topshiriqlari turlicha baholanadigan bo‘lsa


    Yüklə 15,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin