Teskari bog’lanish signallari turlari va ularni ulash usullari. Manfiy va musbat teskari bog’lanish



Yüklə 21,77 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü21,77 Kb.
#210230
  1   2
14.TESKARI BOG’LANISh SIGNALLARI TURLARI VA ULARNI ULASh USULLARI. MANFIY VA MUSBAT TESKARI BOG’LANISh


TESKARI BOG’LANISh SIGNALLARI TURLARI VA ULARNI ULASh USULLARI. MANFIY VA MUSBAT TESKARI BOG’LANISh

O‘ta yuklanishdan himoya faqat texnologik jarayonda ishlatiladigan, o‘ta yuklanish ehtimoli yuqori bo‘lgan elektr dvigatellarga qo‘llaniladi. Agar o‘ta yuklanishni boshqa yo‘llar bilan bartaraf qilishning imkoniyati bo‘lmasa, o‘ta yuklanishdan himoya tizimi elektr dvigatelni tarmoqdan uzishga ishlaydigan qilib bajariladi.



1-rasm. Elektr dvigatelini releli himoya tizimi sxemasi.
O‘ta yuklanish vaqtida elektrodvigatel cho‘lg‘amining harorati ortadi. Shu sababli, tok himoyasi yoki harorat himoyasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tok himoyasi elektromagnit relelar yoki issiqlik relelari yordamida bajariladi. Rele qurilmasi sifatida RT-80, RT-82 va RT-84 relelaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Agar o‘ta yuklanish vaqtida dvigatelni uzish kerak bo‘lsa - RT-82 relesi va aksincha, uzish kerak bo‘lmasdan, faqat signalizatsiya tizmi qo‘llanlayotgan bo‘lsa - RT-84 relesidan foydalaniladi. RT-84 releda ikki juft kontakt bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning biri qisqa tutashuv vaqtida elektr dvigatelni manbadan uzish uchun (relening elektromagnit elementiishlaganda ulanadi), ikinchisi esa o‘ta yuklanish to‘g‘risida signal berish uchun (relening induksion elementi ishlaganda ulanadi) ishlatiladi.
O‘ta yuklanishdan himoya tizimida tok relesining ishga tushish toki quyidagicha aniqlanadi:
Ir.iK3 Idv.nom/(Kq KI) (1)
bu yerda K3=(1,11,2) – zahira koeffisienti, Kq=0,8 – tok relesining qaytish koeffisienti, KI – tok transformatorining transformatsiya koeffisienti.
Agar tok transformatori ishlatilmagan bo‘lsa, KI =1 deb olinadi.
O‘ta yuklanishdan himoya elektr dvigatel ishga tushayotgan vaqtda ishlamasligi kerak. Shuning uchun uning ortda qolish (hayallash) vaqti 1020 sekund intervalida olinadi, ya’ni himoyaning hayallash vaqti dvigatelning ishga tushish vaqtidan katta bo‘lishi kerak.
RT-80 rele elektromagnit elementidan o‘ta yuklanishlardan himoyani bajarish uchun foyaniladi va uning ishga tushish toki quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Ir.el= Ksx K3 (Iiyu/ KI) (2.)
bu yerda Ks.x- sxema koeffisenti; K3=1,4-zahira koeffisienti; Iyu- dvigatelning yurgizish toki.
Ir.el va Ir.in toklarning nisbati nnis= Ir.el / Ir.ni hisoblanadi.
RT-80 relesida hayalash vaqtini sozlash imkoniyati ham mavjud.



Yüklə 21,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin