Tozalab razvertkalash – 150 mm gacha bo`lgan teshiklarga parmalash va tokarlik–revolverli dastgohlarda ishlov berishda kenga qo`llaniladi.
Toza yo`nib kengaytirish – barcha turdagi ishlab chiqarishlarda qo`llaniladi, yirik seriyali ishlab chiqarishda ko`p shpindelli dastgohlarda, yakkalab ishlab chiqarishda tokarlik va bir shpindelli gorizontal yo`nib kengaytirish dastgohlarida bajariladi.
Teshiklarni sidirish – teshiklarga ishlov berishda keng qo`llaniladi, tsilindrik teshiklarga ishlov berish toza razvertkalashni o`rnini bosadi. Shlitsali va boshqa shaklli teshiklarga ha mishlov berish imkoniyati mavjud. Shlitsali teshiklarni tayyorlash uchun asosiy samarador usul hisoblanadi. Shlitsali teshiklarni o`yish (dolblenie) faqat kichik seriyali va yakkalab ishlab chiqarishda qo`llaniladi.
Jilvirlash – toblangan detallarning teshiklariga ishlov berishda qo`llaniladi; toblanmagan kichik diametrli teshiklarga qo`llab bo`lmaydi. Katta diametrli teshiklarni jilvirlash faqat ta`mirlash ishlarida bajariladi.
Markazsiz jilvirlash – tobora keng qo`llanilib borilmoqda, ayniqsa yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish ashroitlarida.
Xoninglash – razvertkalash va jilvirlashdan keyin qo`llaniladigan etiltirish operatsiyasi bo`lib, avtotraktorsozlik va samolyotsozlikda keng qo`llaniladi.
Yupqa (olmosli) yo`nish – asosan rangli metallarga (bronza, babbit va boshqalar) va qisman po`lat va cho`yanga ishlov berishda keng qo`llaniladi.
Dumalatish – nisbatan kam qo`llaniladi, uning o`rnini xoninglash to`liq egallab bo`ldi. Xoninglash dumalatishga qaraganda yuqori aniqlikni ta`minlaydi.
Ishqalash (pritirlash) – hozirda faqat yakkalab ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda iste`moldan chiqqan. Bu ishlab chiqarishlarda ishqalash o`rniga xoninglash ishlatilmoqda.
Nazorat savollari Teshiklarga ichki jilvirlash dastgohlarida qanday usullarda ishlov beriladi?
Xoninglashning mohiyati nimadan iborat?
Ichki jilvirlashning kaysi usuli ko`p tarqalgan?
Kichik diametrli teshiklar qanday usullarda xosil qilinadi?
1. Qirindi olmasdan teshiklarga ishlov berishning qanday usullari mavjud?
2. Teshiklarni toza pardozlash usullarini tanlash qanday omillarga bog’liq?
3. Ishqalash hozirda nima sababdan iste`moldan chiqdi?