Termiz Davlat Unversiteti Tarix fakulteti 3-kurs 301-guruh talabasi Yangiboyev Fayzullaning jahon tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Avstriya vengriyaning birinchi jahon urishidagi maqsadi



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə3/5
tarix26.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#135214
1   2   3   4   5
Yangiboyev . F. kurs ishidan tayorlagan taqdimoti

Avstriya vengriyaning birinchi jahon urishidagi maqsadi.
Antanta ittifoqi (1907-yilda Rossiya-Fransiya ittifoqi, Angliya-Fransiya kelishuvi va Angliya-Rossiya kelishuvidan soʻng ittifoq rasmiylashtirilgan): Rossiya imperiyasi, Britaniya imperiyasi, Fransiya.
Uchlar ittifoqi: Germaniya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Italiya qirolligi.
Ammo Italiya 1915-yilda Antanta tarafida urushga kirdi, lekin Germaniya va Avstriya-Vengriyaga urush kezida [[|Usmoniylar imperiyasi|Turkiya]] va Bolgariya qirolligi qoshilishdilar, Toʻrtlar ittifoqi tashkil etildi (yoki Markaziy davlatlar).
Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talabalar qoʻyilgan ultimatum yubordi. Bu ultimatumda oʻnta talabalar bor edi va ultimatumni bajarish uchun 48 soat berildi. Serbiya hukumati ultimatuming faqat birgina talabiga, yaʼni suiqasd yuzasidan oʻtkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermadi. Bundan keying Avstriya Serbiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.Birinchi jahon urushi tufayli Rossiya imperiyasida Fevral va Oktabr inqiloblari va Germaniya imperiyasida Noyabr inqilobi boʻlib oʻtdi. Rossiya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi va Germaniya imperiyasi urush tufayli yoʻq boʻldi.28-iyun Birinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo‘lgan voqea yuz bergan kun hisoblanadi. Bundan 105 yil avval Avstriya-Vengriya imperatori valiahdi, ersgersog Frans Ferdinand Bosniyada, Sarayevo shahriga tashrifi chog‘ida otib o‘ldirildi. Birinchi jahon urushi boshlanishiga shu voqea ham qisman sabab bo‘ldi.Aslida esa Frans Ferdinand o‘ldirilgunga qadar ham Yevropa mamlakatlari ancha yillardan beri bir-biriga qarshi zimdan urushga tayyorlanib kelayotgan edi.
Yevropa o‘sha paytda o‘q-dori bilan to‘ldirilgan katta bochkaning ustida o‘tirganday holatda edi. O‘q-dori to‘la bochkaning bir kelib portlashi muqarrar edi va Frans Ferdinandning o‘ldirilishi o‘sha bochkaning tezroq portlatilishiga sabab bo‘ldi.Frans Ferdinandni Bosniya Avstriya-Vengriya tarkibiga qo‘shib olinganining olti yillik tantanalariga taklif etishgandi.
Suiqasd sabablariga kelsak, Usmonli saltanatidan mustaqil bo‘lgan Serb qirolligi Bosniya Avstriya-Vengriya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga qarshi edi. Buning ustiga, aynan Frans Ferdinand Sarayevodagi tantanalarda ishtirok etgan.28-iyun sanasi serblar uchun muhim kun edi. Bu kunning muhimligi shunda ediki, serblar 1389-yilning aynan shu sanasida Kosovoda turk qo‘shinlari bilan jangda yengilgan va shundan so‘ng salkam olti asr Usmonli saltanati hukmronli ostida yashagan.
Ersgersog Frans Ferdinad Sarayevoda Bosniya Avstriya-Vengriya tomonidan egallanish tantanalarini shu kunda o‘tkazgani serblarni nihoyatda g‘azablantirgan edi.
Tantanalar davom etar ekan, ersgersog o‘z rafiqasi bilan to‘planganlar qarshisida edi.Suiqasdchilar tomonidan ersgersog tomon uloqtirilgan bomba portlashi muvaffaqiyatsiz chiqdi, unga uncha zarar yetmadi. Ammo suiqasd uyushtirganlardan biri — Gavrilo Prinsip taloto‘pda qarovsiz qolgan ersgersog va uning rafiqasi Sofiya Xotekka to‘pponchadan bir necha marta o‘q uzdi. Buning oqibatida Frans Ferdinand va uning rafiqasi halok bo‘ldi. Qotil Gavrilo Prinsip o‘sha zahoti ushlandi.
Tergov davomida aniqlanishicha, ersgersogga suiqasd tashkilotchilari Bosniyaning Avstriya-Vengriya tomonidan bosib olinishiga qarshi, uning Serbiya tarkibida bo‘lishini xohlovchi “Mlada Bosna” serb millatchi harakati ekan. Bu harakat suiqasddan so‘ng taqiqlandi.
Birinchi jahon urushiga qisman Frans Ferdinandning o‘ldirilishi sabab qilib ko‘rsatilsa-da, aslida Yevropadagi yirik davlatlar o‘rtasidagi aloqalar juda yomon edi.
1879-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya Rossiyaga qarshi o‘zaro harbiy paktni imzoladi. 1882-yilda bu paktga Afrikada mustamlakalarni bosib olishda Fransiya bilan tez-tez to‘qnashayotgan Italiya ham qo‘shildi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin