Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


Qadimiy, quo’hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

2.Qadimiy, quo’hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari 
Eng qadimgi o‘lchash birliklari – antropometrik, ya’ni insonning 
muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib 
chiqqanligi haqida yuqorida ma’lumotlar berib o‘tilgan edi.
Ko‘pchilik xalqlarda, shu jumladan bizning xalqimizda ham uzunlik 
o‘lchovi sifatida inson tanasining biron qismiga moslikka asoslangan o‘lchash 
birliklari qo‘llanilgan. Masalan, barmoq, gaz, tutam, qarich, quloch, fut, dyum 
kabilar. 
Quyida ayrim birliklarning ta’rifini keltirib o‘tamiz: 
Barmoq
– o‘rta barmoqning eniga mos uzunlikdir (ba’zida 
angusht
deb 
ham yuritiladi).
Gaz
deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda aniqlangan: 
1)
uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan qo‘l yelkasigacha bo‘lgan 
masofa; 
2)
yon tomomnga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ko‘krak 
o‘rtasigacha yoxud burun uchigacha bo‘lgan masofa; 
3)
yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ikkinchi 
yelkagacha bo‘lgan masofa. 
Dyum
– golland tilida 
katta barmoq
degan ma’noni anglatadi, bu birlik 
asosan Rossiya, G‘arb mamlakatlarida ishlatilgan. 
Milya
– lotin tilida 
ming qadam
degan ma’noni bildiradi, bu birlik Rossiya, 
Angliya, AQSh mamlakatlarida, xalqaro dengizchilik ishlarida qo‘llanilgan. 
Farsax
– yo‘l uzunligini o‘lchashda Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta 
Osiyoda keng qo‘llanilgan birlik (ba’zida 
farsang

sang

tosh
deb ham yuritilgan) 
Tanob
– ekin maydonlarini o‘lchashda O‘rta Osiyoda keng qo‘llanilgan, 
tomonlarining uzunligi 60 gazdan bo‘lgan kvadratning yo’ziga teng. 


11 
Barrel
– asosan xalqaro savdo ishlarida neft mahsulotlarining hajmini 
o‘lchashda qo‘llanilgan. 
Barrel
so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, 
bochka
degan 
ma’noni bildiradi. 
Suv sarfini o‘lchashda qo‘llaniladigan o‘lchov va o‘lchash birliklari o‘ziga 
xos nomlanishga ega. Masalan, «quloq» (11,5 l/s), «tegirmon» (1 T = 5 quloq = 
57 – 58 l/s) singari o‘lchash birliklari bunga misol bo‘la oladi. 
Massani o‘lchash uchun bir narsaning massasi ikkinchi narsaning massasi 
bilan solishtirilgan, bunda asosan don (ARPA (0,041 g), bug‘doy, nuxot (0,18 – 
0,20 g) va meva (danak, yong‘oq va h.k.) donalaridan foydalanilgan (batafsilroq 
ma’lumotlar quyida berilgan 1 – , 2 – , 3 – va4 – jadvallarda keltirilgan). 
1 – jadval 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin