Termiz davlat universiteti iqtsidiyot t va turizim fakulteti


-jadval Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/5
tarix30.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#78152
1   2   3   4   5
NURMATOV ISKANDARNING

2-jadval
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni
tashkil etish sabablari

Ichki sabablar

Investitsiya muhitining ustunliklaridan foydalanish

Risklarni taqsimlash

Ishlab chiqarish miqyosida tejash

Boshqaruvning yangi usullarini o’rganish

Xorijiy bozorlarga chiqishni jadallashtirish

Shartnoma xarajatlarini kamaytirish

Tashqi sabablar

Jahon bozoriga chiqish

Siyosiy keskinlikning yumshashi

Milliy hukumat talablari

Samarali raqobatni vujudga keltirish

Strategik sabablar

Mustahkam xom ashyo bazasiga ega bo’lish

Texnologiyalar transferti

Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi

Mamlakatda uzoq vaqt faoliyat olib borish imkoniyati

Mamlakatimizda XIIKlar faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash ularga soliq va bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlar, qonun o’zgarmasligi kafolatlari, sug’urta va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda amalga oshirilmoqda.


XIIKlar faoliyatining tahlili quyidagi xuloslarni shakllantirish imkonini beradi:
– mamlakatimizning sust rivojlanayotgan hududlariga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni faol davom ettirish zarur. Bunda hududiy boshqaruv organlarining turli sohalardagi investitsiya loyihalarining amaliyotga samarali tatbiq etilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish lozim;
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012 yil 10 apreldagi «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investorlar uchun yanada qulay moliyaviy sharoitlar yaratildi. Mazkur Farmonda belgilanishicha, xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida, soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llashga haqlidirlar. Farmonga muvofiq, qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi «To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 3594-sonli Farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari 2012 yilning II choragidan boshlab quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi belgilangan:
– Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno etilgan holda, respublikaning barcha mintaqalarida joylashtiriladigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladi;
– korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
– xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish;
– mazkur imtiyozlarning qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirish.
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy va qonun hujjatlarida xorijiy investitsiyalar uchun quyidagi kafolatlar va rag’batlantirish omillari amal qiladi:
– davlat investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquqlarini kafolatlaydi;
– davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas;
– davlat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi;
– O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi;
– investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi;
– investitsiya faoliyati sub’ektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langach, uning xohishiga ko’ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin;
– investitsiya faoliyati sub’ekti olgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek, olingan mol-mulk olib qo’yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to’lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to’lanadi);
– O’zbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin. Agar O’zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda xorijlik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llaniladi. Xorijlik investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir;
Asosiy adabiyotlar
1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.
2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с.
3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.
4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b.
5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b.
6.Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. - T.: Cho’lpon, 2011.-124 b.
7.Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b.
8.Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b.
9.Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2011.-312с.
10Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b.
11.Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с.
12.Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебное пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. – 272 с.


1 G’ozibekov D. G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: «Moliya», 2003. – B. 45.

2 Qo’zieva N.R. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari. Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. – T.: BMA, 2008. – B. 11.

3 Xoshimov Q.B. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va uni takomillashtirish yo’llari. Iqt. fan. nom. ilm. dar. ol. uch. yoz. dis. avtor. – T.: BMA, 2004. – B. 7.

4 O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni. // «Xalq so’zi», 1999 yil 12 yanvar, – №7. – B. 1.

5 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. – T.: O’zbekiston, 2016 y., 12-bet

6 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining statistik ma’lumotlari.

7 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. – T.: «O’ME» Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – B. 48.

8 Макаревич Л.М. 200 правил бизнеса. – М.: «Дело и Сервис», 2003. – С. 125.

9 Райзберг Б.А., Лозовский Л.Ш., Страдубцева Е.Б. Современный экономической словарь. 4-изд., перераб. и доп. – М.: «Инфра-М», 2005. – С. 235.

10 Борисов А.Б. Большой экономический словарь. – М.: «Книжный мир», 2005. – С. 126.

11 Vahobov A. va boshq. Xalqaro moliya munosabatlari: Darslik. /Mual.: A.Vahobov, N.Jumaev, U.Burxanov. – T.: «Sharq», 2003. – B. 277.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin