Termiz davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi jo’rayev feruz rustam o‘G‘lining



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü57,69 Kb.
#186018
  1   2   3
asosnoma

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI




TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


PEDAGOGIKA KAFEDRASI
O‘QITUVCHISI
JO’RAYEV FERUZ RUSTAM O‘G‘LINING

O’QUVCHI-YOSHLARDA XALQ OG’ZAKI IJODI NA’MUNALARI VOSITASIDA MEHNATSEVARLIKNI TARBIYALASH (DOSTONCHILIK MISOLIDA)




13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasiga


A S O S N O M A


Ilmiy rahbar: p.f.f.d. (PhD), dots. N.A.Achilov


TERMIZ – 2023
DISSERTATSIYA ISHI MAVZUSINING
ASOSNOMASI


Tadqiqotchining F.I.SH. Jo’rayev Feruz Rustam o‘g‘li
Tadqiqotchining ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha berilgan guvohnoma raqami va sanasi:
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi:
O’QUVCHI-YOSHLARDA XALQ OG’ZAKI IJODI NA’MUNALARI VOSITASIDA MEHNATSEVARLIKNI TARBIYALASH (DOSTONCHILIK MISOLIDA)
Ixtisoslik shifri: 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta`limotlari tarixi ixtisosligi
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog`i: Pedagogika
Ilmiy rahbari: p.f.f.d. (PhD), dots. N.A.Achilov
Ish bajariladigan tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti
e-mail: feruzj38@gmail.com
Mavzu FTRMQning internet-sahifasida e`lon qilinganligi haqida ma`lumot
Tadqiqotchining maqomi: Mustaqil tadqiqotchi
Falsafa doktori izlanuvchisining (PhD)qabul qilingan
sana:_______________________

Dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.


Hozirgi globallashuv jarayoni jahonga yuz ochib borayotgan O’zbekistonning ta’lim tizimi, ilm-fani oldiga dolzarb vazifalarni qo’ymoqda. Dunyo ilm-fanida borayotgan o’zaro integrasiyalashuv jarayoni pedagogika sohasida shaxs omili, shaxslararo munosabatlar, muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatib turibdi. O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta tashabbusi doirasida yoshlarga berilayotgan e’tibor – bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash, ularning ijtimoiy rivojlanishi, moslashuvchanligi muhim ekanligini ko’rsatmoqda.
O’quvchi-yoshlarda xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida mehnatsevarlikni tarbiyalash oila, ta’lim muassasalari, davlat idoralari, shu jumladan, jamoatchilik uyushmalari zimmasiga katta mas’uliyatlarni yuklaydi. Jumladan, “jismonan sog’lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” dolzarb masalalardan hisoblanadi.
O’zbek xalqi azaldan o’zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qo’yish, ularning qornini to’q, ustuni but qilish o’z yo’li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik paytidan boshlab, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa, hozirgi globallashuv jarayonida har tomonlama yetuk insonni tarbiyalash bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Komil insonni voyaga yetkazishda ta’lim tizimi, shubhasiz, mustahkam poydevor rolini o‘taydi. Bu kabi dolzarb masalalar qatorida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “…keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O’zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o’nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum. Mana, kuni kecha tasdiqlangan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo’shma fakultet va o’quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o’qituvchilarga mualliflik dasturi va o’qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o’qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi” – deb ta’kidlagan mulohazalaridan ko’rinib turibdiki, amalga oshirilayotgan bunday keng islohotlar yoshlarning sog’lom tafakkuri va mutaxassislik madaniyatini rivojlantirishda xizmat qiladi.
Barkamol avlod xalqimiz orzu qilayotgan, intilayotgan buyuk kelajakning kafolatidir. Bunga erishish juda murakkab jarayon. Shuning uchun ta’lim-tarbiya masalasiga e’tibor berish va uni to’g’ri anglash barchamizning vazifamizdir. Yoshlarni yangicha tafakkur, sog’lom fikr yuritishi va ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo’lib kamol topishida xalq og’zaki ijodi na’munalarining o’rni beqiyosdir.
Mazkur ishning nazariy jihatdan dolzarbligi o’quvchi-yoshlarda xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida mehnatsevarlikni tarbiyalash (dostonchilik misolida) to’g’risidagi tasavvurlarini kengaytirish imkoniyati bilan bog’liq bo’lib, bu esa bir qator pedagogik muammolarni hal etishning muhim omili hisoblanadi. Ana shu muammoni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish maqsadida ilmiy tadqiqot mavzusini “O’quvchi-yoshlarda xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida mehnatsevarlikni tarbiyalash (dostonchilik misolida)” deb nomladik.

Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin