emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni
xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik
xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni
boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab
boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.
SHaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil
ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G.
Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K.
Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L.
Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar
yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va
muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan
ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib
boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur
va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning
ta’riflari shulardan iborat.
Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «SHaxs
– bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda
namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli
bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari
tizimidagi inson»
1
.
SHunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida,
ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot
sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi
insonning yig‘indi xususiyatlarini – uning individualligini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: