Televideniye rejissyorligi



Yüklə 165,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.02.2023
ölçüsü165,76 Kb.
#82182
1   2   3
Axmedov B. Rejissyor va aktyor

Shavkat MAXBUBOV 
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan
madaniyat xodimi, kinorejissyor 
 


4
Rejissyor va aktyor 
 
Xarakterning kuchi shundaki, xarakter – 
bajarish mumkin bо‘lmagan ishni ham 
qoyilmaqom qilib bajara oladi.
Leonid Trauberg
“Lafz” teleserialini yaratishga kirishar ekanmiz, biz oldimizga bir necha 
vazifalarni qо‘ygan edik, bular: asarni tarixiy shart-sharoitlarda shunday yaratmoq 
kerakki, tomoshabin serialni kо‘rib о‘tirib, xuddi shu bugungi kun voqeligi sifatida 
qabul qilsin; film voqealariga ishonsin;aktyorlar shunday mahorat bilan 
о‘ynamoqlari kerakki, tomoshabin ularning ijrosiga zarrachayam gumon qilmasin. 
Buning uchun esa biz – film ijodkorlari quyidagi savollarga, talablarga javob bera 
olishimiz kerak bо‘ladi: о‘tmish haqida biz nimalarni bilamiz? Nimalarni sevamiz? 
Nimalarga ishonamiz? 
Keling, hozir tarixga ozgina sayohat qilib chiqaylik. Chinakam san’at 
rejissyorni ijodkorga aylantiradi. Mashhur rus rejissyori Konstantin Sergeyevich 
Stanislavskiy ta’biri bilan aytganda, “Ijod – bu hayotda о‘z tasdig‘ini topgan 
qoidalardir”. Kinochilar tilidagi “aktyorlik kinematografi” deb nomlangan 
tushuncha esa rejissyorning vazifasini ikkinchi darajaga, texnikaviy vazifalarga 
tenglashtirib qо‘ydi.
Atoqli rus teatr rejissyorlaridan Vladimir Ivanovich Nemirovich-Danchenko 
о‘zining “О‘tmishdan” (“Iz proshlogo”)
1
deb nomlangan teatr nazariyasiga 
bag‘ishlangan xotiralar kitobida teatr rejissyorining vazifalari haqida gapirib kelib, 
quyidagilarni xotirlaydi:
“Pyesa haqida oldindan umuman gapirilmasdi; pyesada ishtirok qiluvchi 
aktyorlar bilan uchrashuv ularni qо‘lidagi daftarni tekshirishdan boshlanardi, bu 
daftarga ular о‘zlari о‘ynaydigan rolning sо‘zlarini yozib olishar, shu sо‘zlarning 
tо‘g‘ri yozilgan-yozilmaganligi tekshirib kо‘rilardi; asosiy rollarning ijrochilari 
kamdan-kam qatnashardilar; ularning rollarini rejissyor yordamchisi solishtirib 
chiqardi; birinchi repetitsiya sahnaning о‘zida tashkil qilinardi. Aktyorlar 
1
Немирович-Данченко В.И. Из прошлого. “Асаdemia”, 1936, стр.99. 


5
daftarlarini kо‘tarib, о‘zi bu pyesada gap nima haqda ketayotganini bilolmay 
garang bо‘lganlaricha yurishar, rejissyor esa ularga qarab buyurardi: “Sen shu 
sо‘zlarni aytib, о‘ng tomondagi stolga kelasan, sen esa chapga, kresloga qarab 
yurasan, sen esa, Kostya, deraza tagiga borib turasan”
2

Agar yetakchi aktyorlarning birontasi uyda о‘zi о‘ynaydigan rolni mulohaza 
qilib kо‘rib, shularni repetitsiyada sinovdan о‘tkazib olishni xohlab qolsa, 
“atrofdagi barcha odam uning atrofida girdikapalak bо‘lib qarar, pyesaga qiziqish 
ortib ketar, hamma unga havas bilan qarar edi. Aktyorlar bir-biriga chinakam mehr 
bilan maslahat berishar, yangi-yangi mizansahnalarni о‘ynab topishardi. 
Rejissyorning ishi hali boshlanmagan, bu ish hali oldinda, hozircha esa u hech 
kimga keragi yо‘q, u allaqayoqlarga ketib gum bо‘lgani yoki esa bо‘sh aktyorlar 
bilan “ommaviy sahna”larni mashq qilgani ma’qul. Rejissyor о‘sha bilangina 
xо‘jayinlarcha gaplasha olar, ular ichida hech kim rejissyorga e’tiroz bildira 
olmasdi. Aktyorlar esa pyesani о‘zlari tayyorlashardi.
Kino san’ati endigina tetapoya bо‘lib kelayotgan paytlarda ham 
rejissyorlarning holi ana о‘shanday ahvolda edi. V.Turkinning XX asr boshlarida 
ishlangan bir kinoasar haqida, о‘sha asarni suratga olish jarayoni haqida yozgan 
maqolasidagi gaplar xuddi shunga guvohlik beradi:
“Aktyor о‘z ijro mahoratining xо‘jayini, о‘z boyligining mulkdori edi. 
Aktyorlar hamma joyda, qatorasiga turib olib, о‘zlarini о‘zlari repetitsiya 
qildirishar, rejissyor esa ularni bir chekkada kuzatib turar, ba’zi paytlarda yо‘q 
bо‘lib ham ketardi. Aktyor uchun eng muhimi – rejissyorning gapi emas, balki 
operatorning “Kadrdan chiqib ketma!”, “Fokusda bо‘l!”, “Yaxshi yoritilgan joyda 
tur!” kabi tanbehlari edi. Ba’zan shunday bо‘lardiki, xо‘jayin-fabrikant kelardi-da, 
о‘sha paytda “yulduz” deb sanalgan aktyorning kinoga tushishini tomosha qilar, 
sо‘ng esa suratga olish jarayoni tugamay plyonkasi yetmay qolgan operatorga: 
“Rol о‘ynayotgan aktyorga xalaqit qilma!” deb qichqirardi. Operator esa plyonka 
2
Туркин В. “Киноактёр”, Теакинопечать, 1929. 


6
kassetalarini almashtirarkan, sahnani allaqachon о‘ynab tugatgan aktyorga barini 
qaytadan boshlashni buyurardi”
3

Xо‘sh, hozir ahvol qanday?Zamonaviy rejissyorlar aktyorlar bilan qanday 
ishlashadi? Yoki, qanday ishlashishlari lozim? Bugun zamonaviy kino san’atida 
aktyorlarga qо‘yiladigan talablar nimalardan iborat? Umuman, rejissyor bilan 
aktyor о‘rtasidagi munosabat qanday bо‘lmog‘i kerak о‘zi? 
Kino asarlari haqida gap ketar ekan, san’atshunoslar hozir ularni “ommaviy 
kino”, “intellektual kino”, “elitar kino” deb tasniflashni xush kо‘rishadi. Bunday 
kinoasarlarga misollar ham tо‘lib-toshib yotibdi: “Ali Bobo va qirq qaroqchi” (“Ali 
Baba i 40 razboynikov”) rejissyor Latif Fayziyev, “Bir yilning 9 kuni” (“9 dney 
odnogo goda”) rejissyor Mixail Romm, rejissyor Aleksandr Sokurov filmlari... Bu 
filmlarning bari tajribali kino ustalari tomonidan tasvirga olingan, bu rejissyorlar 
qancha-qancha kinoasarlarni tomoshabinlar e’tiboriga havola qilganlar. Yana 
shunisiga ham ahamiyat berish kerakki, bu filmlarda jahonga mashhur aktyorlar rol 
о‘ynagan – Dxarmendra deysizmi, Rolan Bikovmi, Kirill Lavrov yoki Innokentiy 
Smoktunovskiy deysizmi... 
Shunday rejissyorlar ham borki, ularni aktyorlarning ijrosi emas, balki 
filmning shakli, g‘oyasi kо‘proq qiziqtiradi. Masalan, rejissyor Sergey Paradjanov, 
Irakliy Kvirikadze filmlarini, yoki о‘zimizning taniqli rejissyorimiz Ali 
Hamroyevning “Qushlar ortidan ergashgan inson” (“Chelovek uxodit za ptitsami”) 
filmini olib kо‘raylik. Ushbu filmlarga asosan kasbi aktyorlik bо‘lmagan odamlar 
rol о‘ynashga taklif qilingan. Ssenariy talablariga kо‘ra, ularda asosiy e’tibor u 
yoki bu personajning turli xil sharoitlardagi tashqi kо‘rinish, yuz ifodasiga kо‘proq 
e’tibor berilgan, ular kadrda tipaj tariqasida ishtirok qilgan, rejissyor aytganlarini 
bajarib yurganlar, ichki his-hayajonlarini kechinma va tug‘yonlarini haqqoniy 
о‘ynashga harakat qilganlar, xolos. 
Ba’zi rejissyorlar esa bu xil uslubga qarama-qarshi ish tutib, bо‘lajak asar 
(film) shaklini unutmasdan, kadrdagi aktyor yaratayotgan obrazning real, hayotiy 
chiqishi uchun harakat qilganlar. Rejissyor Andrey Tarkovskiyning “Ivanning 
3
Туркин В. “Киноактёр”, Теакинопечать, 1929. 


7
bolaligi” (“Ivanovo detstvo”) va “Andrey Rublyov” filmlari, Sergey 
Bondarchukning “Urush va tinchlik” (“Voyna i mir”), “Inson taqdiri” (“Sudba 
cheloveka”) filmlari, F.Koppalaning “CHо‘qintirgan ota” (“Kryostniy otets”), Emil 
Lotyanuning “Mening nafis-muloyim hayvonim” (“Moy nejniy, laskoviy zver”), 
Latif Fayziyevning “Ulug‘bek yulduzi”, Shuhrat Abbosovning “Sen yetim 
emassan”, “Toshkent – non shahri” filmlari - ana shunday asarlardandir. 
Har bir rejissyorning aktyorlar bilan sur’atga olish maydonida, kadrda 
ishlashish usuli о‘ziga xos, takrorlanmas holatlarda kechadi. 
Mening ham aktyorlar bilan ishlashish usulim boshqalarnikidan farq qiladi. 
Ikkinchi rejissyor va rejissyor assistenti aktyorlar bilan ssenariy matni haqida 
kelishib, gaplashib, repetitsiya qilishgandan keyin, maydonda aktyorning hatti-
harakati nimalardan iborat bо‘lishi kerakligini men о‘z mulohazalarim tо‘g‘risida 
ular bilan о‘rtoqlashaman va oldindan kelishib olganimiz asosida postanovkachi-
operator Marat Soliyev bilan ikkalamiz xuddi shu xatti-harakatlarni aktyorlar kadr 
oldida “о‘ynab” berishini sо‘raymiz. Keyin shu epizodni о‘ynashda aktyorlar 
qanday yо‘l tutishini, ular berilgan obrazni qanday talqin qilganlarini ulardan 
namoyish etib berishini sо‘raymiz. Ularning “о‘ynab” kо‘rsatishlaridan ijro 
mahorati ham, obrazni qanday tasavvur qilishlari, fantaziyalari – bari ma’lum 
bо‘ladi. Shundan sо‘ng men aktyorga о‘zim tasavvur qilganimni о‘rgatmasdan, 
balki uni hamfikrlikka chorlagan holda yotig‘i bilan maqsadni tushuntiraman. 
“Lafz” teleserialini Buxoroda sur’atga olib yurganimizda aktyorlar A’zam 
Shokirjonov bilan Said Muxtorovning kadrda janjallashib-mushtlashib ketish 
sahnasini suratga olmoqchi edik. Birinchi dubl anchayin muvaffaqiyatsiz chiqdi – 
Shokirjonov Muxtorovni yerga yengilgina kо‘tarib urib, bо‘g‘a boshlagani 
ishonarsiz edi, haqiqiy mushtlashuv sahnasiga о‘xshamayotgan edi. Xullas, 
aktyorlarning bu xil yengil-yelpi о‘ynashlari meni qoniqtirmadi. Men avval 
Shokirjonovni chetga olib chiqdim. Tushuntira boshladim: 
- A’zamjon, azizim, nega uni osongina yerga ag‘darib, tomog‘iga
yopishasan? Bu sahnani kо‘rgan tomoshabin ishonmaydi, kuladi-ku! Axir sen 


8
kurash bо‘yicha sport ustasisan, raqibni ag‘darib urish oson kechmasligini yaxshi 
bilasan – shuni kо‘rsatib ber-da! 
- Men uni jon-jahdim bilan yerga ag‘darib soladigan bо‘lsam, uning biror 
yeri lat yeb qolishi mumkin - dedi A’zam bо‘shashib. 
- Sen uni shunday yiqitginki, biz haqiqiy olishuv bо‘layotganiga ishonaylik! 
Shunday qilginki, bu sahna ishonarli chiqsin, ham Saidga ziyon-zahmat yetmasin, 
shuni о‘ylab kо‘r, - deb A’zamga dalda berdim men. 
Sо‘ng Said Muxtorovni chetga olib chiqdim.
- Mushtlashuving erkakchasiga chiqmayapti, Said. U senga salgina kuch 
bilan yopishsa, sen osongina yiqilib, taslim bо‘layapsan. Axir sen о‘zingni himoya 
qilishing kerak, sen ham uni urishing kerak, axir erkaksan-ku, sen ham yopish, 
о‘zingni himoya qil, ur, tep, bor kuchingni ishga sol, ishonarli chiqsin-da!.. 
- Bо‘pti, endi shunday qilaman, – Said talablarimni tushundi, shekilli, yana 
maydonchaga qarab yurdi. 
Ana endi ikkinchi dubl xuddi nonga yog‘ surganday oson kechdi – 
A’zamjon Saidni chinakamiga dast kо‘tarib yerga urdi-da, bо‘g‘a boshladi, Said 
esa uning kuchli qо‘llaridan qutilib olishga jon-jahdi bilan harakat qilardi.
Sur’atga olish maydonchasini о‘rab olib, tomosha qilayotganlar orasida 
Saidning qarindoshlari, yurtdoshlari ham bor ekan (Said о‘zi asli buxorolik). Bir 
payt qarasak, ular maydonga kirib kelmoqchi! 
- Said aka, u (A’zam polvon) sizni rostdan ham bо‘g‘moqchimi? Urush-
janjal chiqadigan bо‘lsa, mana biz ham tayyormiz, sizni kaltaklatib qо‘ymaymiz! 
...Gapning qisqasi, haligi gaplardan keyin aktyorlar chunonam berilib 
mushtlashib-ayqashib ketishdiki, chetda tekin tomosha kо‘rib turganlar bular 
rostdan ham urushib ketishdi shekilli, deb о‘ylab, hay-haylashiganicha, oraga 
tushish uchun g‘imirlab qolishdi! 
Bu rejissyorning aktyorlar bilan ishlashishidan bir namuna, xolos. Ba’zan 
shunday bо‘ladiki, aktyorlar bir sо‘z, bitta tanbehdan keyinoq nima qilish 
kerakligini darhol tushunib oladi. Ba’zan esa shunday vaziyatlarda nimalar qilish 
lozimligini о‘zimiz kо‘rsatishimizga ham tо‘g‘ri keladigan paytlar bо‘ladi... 


9
Hozirgi kunlarda milliy kinomiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri 
– bu milliy kinodramaturglar, rejissyorlar va operatorlarning zamonaviy talab 
darajasida tarbiyalash, о‘quv jarayonini zamonaviy asbob-uskunalar bilan 
jixozlantirib eng yangi texnologiyalar asosida о‘quv protsessini olib borish. 
Prezident Islom Karimov shu masalalar borasida gapirgan gaplarini 
eslamoqchiman – “... keyingi yillarda milliy kinodramaturg va rejissyorlar 
tayyorlash dolzarb masala bо‘lib turibdi. Chunki, buni ochiq tan olishimiz kerak – 
professional kino mutaxassislari, xususan, rejissyorlar, ssenaristlar tayyorlanadigan 
tom ma’nodagi milliy maktab о‘zimizda hanuzgacha shakllangani yо‘q”.
4
Albatta, bu masalalarni hal qilish uchun О‘zbekiston Davlat san’at 
institutidagi “Televideniye rejissyorligi” kafedrasini “Kino va Televideniye 
rejissurasi” kafedrasiga aylantirilishi kerak, “San’at jurnalistikasi” kafedrasi 
kinodramaturgiya muammolari bilan shug‘ullangan holda, shu soha ijodkorlarini 
yetishtirishi kerak, “Kinoteleoperatorlik mahorati” kafedrasi syomka qilish uchun 
mо‘ljallangan zamonaviy texnikaga ega bо‘lishi shart, institut о‘z 
kinolabaratoriyasiga video va kinomontaj asbob-uskunalarga ega bо‘lib, syomka 
davridan tortib tayyor kino yoki videomahsulot tayyorlashni tashkil qila oladigan 
bir Kinovideomarkaz shaklida tashkil etilib, institut esa, San’at Akademiyasiga 
aylanishi kerak. 
4
Каримов И.А. “Юксак маънавият – енгилмас куч”. –Т.: “Маънавият”, 2008 й. 146-147-бетлар. 


10

Yüklə 165,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin