148
9.6- rasm. Qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal
φ
fazasini
F
chastotaga bog‘liqligi
Har xil buzilishlar turlari har xil qabul qilinadigan
signallarning turlariga
turlicha ta’sir qiladi. Masalan, telefon signallarini
qabul qilishda nochiziqli
buzilishlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi, bunda fazaviy-chastotaviy
buzilishlar
sezilarli bo‘lmaydi, chunki inson qulog‘i tovush
tebranishlari fazalarining
o‘zgarishlarini payqamaydi. Shu bilan bir vaqtda radioimpulsli
signallarni qabul
qilishda fazaviy-chastotaviy buzilishlar chiqish videoimpulslarini
juda sezilarli
buzadi.
Qabul qilgichning qayta sozlanishi vaqti radioaloqaning
ishonchliligini
aniqlaydi. Hozirgi vaqtda qayta sozlanish vaqti sekundning
ulushlarini tashkil
etadi.
Nazorat savollari
1.
Tebranish konturi
qanday qismlardan tashkil topgan?
Uning vazifasi
nima?
2. Konturning kerakli chastotani ajratishi qanday amalga oshiriladi?
3. Radioqabullash qurilmasining vazifasi nimalardan iborat?
F
φ