Telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish tahlili. Zamonaviy kirish texnologiyalari


TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI ARXITEKTURASI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə2/9
tarix29.03.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#91058
1   2   3   4   5   6   7   8   9
o\'ndirislik a\'meliyati

TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI ARXITEKTURASI
Telekommunikatsiya (TK) tarmog‘i – yagona boshqaruvli oxirgi
qurilmalar, kommutatsiya markazlari va ularni bog‘lovchi aloqa liniyalari va
kanallarining majmuasidir. Komyuter, telefon, televizion, radio tarmoqlarining o‘rtasida saqlanib qolayotgan farqlarga qaramay ularning tarkibiy tuzilishida
ko‘pgina o‘xshashliklarni topish mumkin. Umumiy holda telekommunikatsiya
tarmog‘i quyidagilardan tarkib topadi:
-foydalanuvchilarning terminal qurilmalari ( ular tarmoqqa birlashtirilgan bo‘lishi mumkin);
-kirish tarmog‘i;
- magistral tarmoq;
-axborot markazlari yoki xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlari
(Services Control Point, SCP).
Axborot – bu saqlash, uzatish, o‘zgartirish ob’ekti bo‘lgan ma’lumotlardir.
Xabar – axborotni uzoqqa uzatish uchun qulay ifodalash (taqdim
etish) shaklidir. Xabarning hajmi ko‘rsatilgan barcha axborot bilan
aniqlanadi va gap telefon xabarlari yoki eshitirish dasturlari haqida
ketganida ko‘pincha belgilar (harflar yoki raqamlar) soni yoki uni uzatish
vaqti bilan baholanadi. Telekommunikatsiya sohasiga nisbatan xabar – bu
elektromagnit signallari yordamida elektr aloqa vositasida uzatiladigan
axborotdir. Axborot parametrlarining o‘zgarishiga qarab uzluksiz va diskret
xabarlarni farqlaydilar Uzatiladigan xabarlarni ifodalovchi fizik jarayonlarni signal deb ataladi. Signallarni, belgilarni, matnlarni, tasvirlarni, tovushlarni simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlar bo‘yicha uzatish yoki qabul qilish elektr aloqa deb ataladi. Elektr aloqani tasniflash turlicha amalga oshiriladi va u asosan
uzatiladigan axborotning turi, elektr signallarning tarqalish muhiti va
axborot taqsimoti usullari (kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan).
Hozirgi paytda har bir inson elektraloqaning u yoki bu xizmatlaridan
foydalanadi: radio eshitadi, televizion eshittirishlar ko‘radi, telefonda gaplashadi, faks uzatadi va qabul qiladi va xakozo. Istalgan xolda
elektraloqa xizmati xabarni masofaga uzatishni bajaradi. Xabarlarni
jo‘natuvchilar (manbalar) va oluvchilar (iste’molchilar) odamlar yoki
odamlar xizmat ko‘rsatadigan qurilmalar, masalan EHM bo‘lishi mumkin.
Har bir xabarni uzatish uchun elektraloqa vositalari yoki elektraloqa
tizimini tashkil etuvchi, ma’lum texnik qurilmalar to‘plami bo‘lishi
zarurdir.



1-rasm Telekommunikatsiya tarmog’i

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin