Technological solutions and innovative digital tools


International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#113051
1   2   3   4   5   6
Raxmatullayev Diyorbek Uralovich

International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION 
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 
26 
http://interonconf.com
 
mufassal bayon etiladi.Jumladan, V maqolaning 8-11 boblari diqqatga sazovordir. 
Chunonchi, 8-bobda muallif Yer Shimoliy yarim sharini yetti mintaqaga bo‘ladi.9-
bobda Yerning odamlar yashaydigan (ma‘mur) qismi tavsiflanadi. Shuningdek, turli 
xalqlarda Yer ma‘mur qismining qanday bo‘lishi bayon qilinadi.10-bobda yetti iqlim 
bo‘yicha joylashgan mamlakatlar, o‘lkalar, viloyatlar, orollar, shaharlar va ularning 
geografik koordinatalarining jadvallari keltiriblgan. Bu yerda Yaqin va O‘rta Sharq, 
O‘rta Osiyo, g‘arbiy Hindiston shaharlari haqidagi ma‘lumotlar anchagina aniq 
berilgan.Shunisi diqqatga sazovorki, Beruniy ushbu bobda Shosh viloyati, ya‘ni 
qadimiy Toshkent viloyatining poytaxtini, «Toshkent» deb ataydi. Demak, 
respublikamiz poytaxtining nomi kamida ming yillik tarixga ega.Beruniy Sharqiy 
Yevropada o‘sha davrda yashagan saqlab (slavyan), rus (normann), burjon (bolgar), 
unqra (venger) va yura (ugro-fin) qabilalari hamda Sharqiy Yevropa \turkman 
sug‘d xalqlari haqida xabarlar beradi.V-maqolaning eng oxiri, II bobida har xil 
shartlarga ko‘ra joyning kengligi va og‘ishini topishga doir masalalar va Sharqning 
mashhur astronom va matematiklari: Sobit ibn qurra, Sanad ibn Ali, 
Annayriziylarning shu masalalarni yechish usullari keltiriblgan
15
.Masalaning 
shartiga qarab, kenglik va og‘ishni topish qoidasi ixcham, ba‘zan esa murakkab 
formula ko‘rinishini oladi.Asarning VI maqolasi quyoshga va uning harakati 
natijasida sodir bo‘ladigan hodisalarga bag‘ishlangan. Shu maqolada uch burchak 
qoidasiga ko‘ra shaharlar orasidagi masofani topish masalasi ham ko‘riladi. Bu 
maqolada Beruniy quyosh apogeyining harakatlanuvchi ekanligini hisoblaydi.VII 
maqolada Oy va uning harakatlariga bag‘ishlanadi.VII maqolada quyosh va Oy 
tutilishlari haqida baxs yuritiladi. Bu yerda Beruniy juda aniq formulalarga asoslanib 
quyosh va Oy tutilishi jadvallarini keltiradi. Jadvallarda eramizdan avvalgi VIII 
asrdan beri sodir bo‘lgan quyosh tutilishlarining aniq vaqti hisoblangan. Shu bilan 
birga u o‘zidan keyingi asrlarda ro‘y beradigan quyosh tutilishi vaqtlarini ham 
hisoblab chiqargan. Beruniy Oy to‘tilganda Yerning ikki nuqtasidan turib kuzatish 
o‘tkazish yo‘li bilan joyning geografik uzunligini aniqlash usulini nihoyatda 
takomilligini yetkazdi. Olim joyning geografik kengligini aniqlash bobida juda katta 
ish qildi.IX maqola turg‘un yulduzlarga bag‘ishlangan. Bu maqolada Beruniy 
cheksiz koinotdagi tumanliklar yulduzlar to‘plamidan iborat ekanligini ta‘kidlaydi 
va shu bilan qadimgi yunon astronomlarining tumanliklar bug‘ to‘plamlaridan 
iborat, degan fikrlari noto‘g‘ri ekanligini isbotlaydi. Shu maqolada Beruniy 1029 
yulduz katalogini keltiradi. Uning katalogi O‘rta asrlarda ham va birmuncha keyingi 
vaqtlarda ham eng mukammal katalog bo‘lib qoladi
16
.X maqolada planetalar 
harakatiga bag‘ishlangan. Bu yerda planetalar harakat jadvallari ulargacha bo‘lgan 
masofalar, ularning kattaligiga oid miqdorlar keltiribladi.XI maqola ob-havo 
(metereologiya) va qisman astrologiyaga bag‘ishlangan. Beruniy «qonuni Ma‘sudiy» 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin