to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
O‘zbekistonda bola huquqlari va erkinliklari 100 dan ortiq qonunlar bilan
tartibga solinishiga qaramay, 2008 yil 8 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonning
huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi. Mo‘ljalangan
maqsadga ko‘ra, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni
tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga
qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga
tatbiq etilishini ta'minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga
solinadigan asosiy ob'ekt hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, qonun moddalarining
yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi
tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan;
Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma'qullangan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan;
Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e'lon qilingan.
Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:
I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)
II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)
III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari
(24-29- moddalar)
IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)
36. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati
Mustaqillikning ilk kunlaridayoq — 1991-yil 20-noyabrda “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilingan edi. Mazkur qonun mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini
ro‘yobga chiqarishning tamal toshi, ya'ni huquqiy asosi bo‘ldi. Qonunda yoshlar
hayotiga daxldor prinsipial masalalar o‘z aksini topgan. Eng muhim jihati,
yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining sub'ektlari sifatida nafaqat davlat
23
hokimiyati va boshqaruvi organlari, balki nodavlat tuzilmalar birgalikda faoliyat
olib borishi belgilab qo‘yildi.
Hozir mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ziyodi yoshlardan iborat. Shu
kunga qadar ularning har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun
22 ta qonun, 26 ta Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 41 ta
qarori, 30 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun 12-avgust kuni Oliy
Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 24-avgust kuni Senat
tomonidan ma'qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 14-sentabr kuni
Qonunga imzo chekdi. Ushbu Qonun 15-sentyabr kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoe
slovo” gazetalarida chop etildi va shu kundan boshlab kuchga kirdi.
Qonun 4 ta bob, 33 moddadan iborat.
Qonunga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan
amalga oshiriladigan va yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatining
rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy va huquqiy choralar tushuniladi. Hujjatda “yosh fuqarolar” (14 dan 30
yoshgacha bo‘lgan shaxslar), “yosh oila”, “yosh mutaxassis”, “yoshlar
tadbirkorligi” kabi tushunchalarga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsipi:
ochiqlik va shaffoflik;
yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar ishtirokini ta'minlash;
yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
Qonunda yoshlar ijtimoiy muhofazasi, ularning huquq va erkinliklari hamda
iqtidorli va iste'dodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va
muhofaza qilish,
ma'naviy-ma'rifiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi, shuningdek,
yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Qonunda
yoshlarga
oid
davlat
siyosatining
asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;
Yoshlarning hayoti va salomatligini saqlash;
Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy, jihatdan kamol
topishiga ko‘maklashish;
Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash;
Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar
yaratish ;
Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga
qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega etib
tarbiyalash;
Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan,
terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va
shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlashtirish;
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;
24
Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek,
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun
munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar tizimini amalga oshirish;
Yoshlar huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni
amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifadir Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida qonun qabul qilinishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda
muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |