60
Shaxsning muloqotga kirishuvchanligini aniqlash testi.
1. Mas’ul ishga duchor bo‘lganingizda hayajonlanasizmi?
2. Axvolingiz yomon bo‘lguncha ham shifoqor chaqirmaysizmi?
3. Kutilmaganda ma’ro‘za qilasiz desa noroziliq bildirasizmi?
4. Mehmonxona tayin bo‘lmasa ham begona shaharga safarga borishdan
bosh tortasizmi?
5. Begona kishiga kechinmalaringizni so‘zlaysizmi?
6. Begona odam sizdan yo‘lni yoki vaqtni so‘rasa g‘ashingiz keladimi?
7. Har xil avlod o‘rtasida hayot masalasida kelishmovchilik bo‘ladi deb
o‘ylaysizmi?
8. Bir necha oy ilgari tanishingizga bergan pulingizni so‘rashga hijolat
qilasizmi?
9. Kafeda sifatsiz taom keltirishsa indamay qo‘yaverasizmi?
10. Vagonda bir necha soat begona yo‘lovchi bilan ketsangiz gapni
birinchi bo‘lib boshlaysizmi?
11. Navbatda turish maqsadingizga erishish uchun zaruriyat bo‘lsa ham
o‘zundan o‘zoq navbat kutishdan voz kechasizmi?
12. Xodimlar o‘rtasida bo‘lgan mojaroni hal qilishdan o‘zingizni olib
qochasizmi?
13. Biror adabiyot yoki san’at haqida gap ketsa o‘z fikringizni himoya
qilasizmi?
14. Sizga yaxshi malum bo‘lgan masala bo‘yicha noto‘g‘ri fikr eshitsangiz
jim tura olasizmi?
15. Sizdan ish yoki o‘qish yuzasidan yordam so‘ralsa norozi bo‘lasizmi?
16. O‘z fikringizni og‘zaki bayon etishga imkoniyat bo‘lsa ham yozma
ravishda bayon etishni afzal ko‘rasizmi?
Dostları ilə paylaş: