20
xayot yullari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida,
ya’ni gurux va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy extiyojlarimizdan
biri - bo‘ muloqotga bo‘lgan extiyojdir. Muloqotga bo‘lgan extiyojimiz
qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga
bo‘lgan extiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan muloqotdan
konikish xosil kilamiz, lekin ayrim xollarda esa biz konikmaslikni xis kilamiz.
Muloqot - bu insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga bo‘lgan extiyoji bo‘lib,
munosabatlar, o‘zaro ta’sirlar, ma’lumot hamda axborot almashishga doir ularning
birgalikdagi faoliyatidir.
Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini
xisobga olgan xolda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga
kattalarga nisbatan qo‘llaydigan so‘zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga
kiradigan kishilarga o‘ziga xos so‘zlar qo‘llaniladi. Bo‘nda so‘zning ta’sir kuchi
xisobga olinadi. Shaxsni temperament xususiyatlariga karab muloqot usullarini
qo‘llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda kunikma, bilim, malakalarning xosil
bo‘lishida muloqotning urni bekiyos. Oddiy ko‘nikma (“tug‘ri o‘tir, qo‘lingni yuv,
joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orkali singdiriladi.
Shaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muxim o‘rin
egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so‘zlarni qo‘llasangiz ham u
qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin.
Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning
shakllanishida maksad tug‘ri quyilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida,
turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruxda. Agar
oilada kattalar bir-birlariga qo‘pol munosabatda bo‘lsalar, bola ham ularga taqlid
qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: