Tavsifi va shifobaxsh xususiyatlari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59572
1   2   3
oddiy-bo-ymodaron-o-simligining-morfo-fiziologik-tavsifi-va-shifobaxsh-xususiyatlari

Keywords: Asteraceae Dumort, Achillea Millefolium L, chemical composition, 
Macroelement, Microelement, medicament, healing property. 
Kimyoning jadal suratlar bilan rivojlanishi va yangi, yuqori samarali sintetik 
dorilar yaratilishiga qaramay dorivor o'simliklar va dorivor mahsulotlarga bo’lgan 
ehtiyojlar kundan kunga ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda 
o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta 
ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 
PQ-4670-sonli qaroriga asosan respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni 
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar 
yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil 
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mahalliy floramizga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi 
dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga 
olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda. Shu 
kabi o’simliklar ro’yxatida Oddiy bo’ymodaron o’simligi ham alohida o’rinni 
egallaydi. [1]
Oddiy bo’ymodaron (Achillea Millefolium L.) yuksak o’simliklar kenja 
dunyosining 
magnoliyatoifa 
(Magnoliophyta
bo’limi, 
magnoliyasimonlar 
(Magnolipsida) sinfi, Qoqio’tkabilar (Asteridae) kenja sinfi, Qoqio’tnamolar 
(Asterales) qabilasi, Qoqio’tdoshlar (Asteraceae Dumort.) oilasi, Bo’ymodaron 
(Achillea L.) turkumiga mansub [2, 31-32 b]. 
Oddiy bo’ymodaron (Achillea millefolium) Shimoliy yarim sharning Osiyo va 
Yevropa va Shimoliy Amerikadagi mo’tadil iqlimli hududlari va O’zbekistonning 
cho’l va tog’li hududlarida keng tarqalgan. Balandligi 0,2–1 m (0,66–3,28 fut) va bir 
tekisda o'sadigan ko'p yillik o'simlik, ko'p yillik o'simlik. Barglari poyasi bo'ylab bir 
tekisda ketma-ket taqsimlanib ikki karra patsimon tuzilgan bo’lib, uzunligi 5–20 sm 
deyarli tukli va tarkibida kaulin bo'lib, yopishish xususiyatiga ega. Gullari poyaning 
yuqori qismida katta, ixcham qalqonsimon to’pgulda joylashgan, har bir to'plam 1 
yoki undan ortiq gul boshlaridan iborat. Gulpoyada 20-25 sarg'ish-oq (kamdan-kam 
pushti) nurli gullarga ega. Mevasi yassi, tuxumsimon, kulrang pistameva.
Oddiy bo’ymodaron (Achillea Millefolium L.) ning Kimyoviy tarkibida biologik 
va kimyoviy faol moddalardan karotin, K va C vitaminlari, axillein va betonitsin 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
27
www.openscience.uz


alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31% xolin, 
asparagin, smola, oshlovchi, achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar 
bo’ladi. Efir moyi tarkibida 1-4% gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish 
vaqtida proxamazulendan hosil bo’ladi), tuyon, kamfora, borneol, karioffillen, 10% 
gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor [4]. O’simlikning mineral 
tarkibi esa quyidagi jadvalda batafsil berilgan 
1-jadval 
Oddiy bo’ymodaron (Achillea Millefolium L.) o’simligining Mineral tarkibi 
Makro va 
mikroelementlar nomi
100 g yashil massadagi 
elementlarning tarkibiy 
miqdori (mg) 
Rux 
Zn 
3,48 
Qo’rg’oshin 
Pb 
0,01 
Magniy 
Mg 
116,00 
Natriy 
Na 
80,09 
Temir 
Fe 
8,20 
Mis 
Cu 
155,33 
Kaliy 

1618,00 
Kalsiy 
Ca 
606,00 
Kadmiy 
Cd 
0,01 
Nikel 
Ni 
1,07 
Yuqoridagi jadvalda ko’rib turganingizdek o’simlik tarkibida miqdor jihatidan 
kaliy, kalsiy, mis va magniy nisbatan yuqori hisoblanadi. Inson tanasida mineral 
elementlarning roli juda xilma-xildir. Ular organlar va to'qimalarning tarkibiy 
qismlari, hujayra va to'qima suyuqliklarining bir qismi, shuningdek fermentlar, 
mushaklarning qisqarishining molekulyar mexanizmida, asab impulslarining 
uzatilishida qatnashadi [3].
Bo’ymodorondan tayyorlangan mahsulotlarning dorivor preparatlari me’da-
ichak (me’da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatining yallig’lanishi) kasalliklarini 
davolash, ishtaha ochish va qon to’xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va 
gemmoroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to’xtatish 
uchun ishlatiladi. 
Ibn Sino bo’ymodaron yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmani 
shamollaganda, bosh og’rig’ida, bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa 
kasalliklarda tavsiya qilgan. Xalq tabobatida o’simlikning yer ustki qismidan 
tayyorlangan damlama yoki qaynatma turli qon oqishlarda (qon tupurish, qon aralash 
ich ketish, bavosil kasalliklarida) qon to’xtatuvchi hamda ishtaha ochuvchi dori 
sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og’rig’ini qoldiruvchi, siydik haydovchi 
vosita sifatida hamda o’pka sili va meda- ichak kasalliklarini davolashda 
foydalaniladi. Bo’ymodaron gulining kukuni asalga qorib yeyilsa, gijjalar tushadi. 
Tibbiyotda bo’ymodaron o’simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
28
www.openscience.uz


suyuq ekstrakt me’da-ichak kasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, qon 
oqishini to’xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. 
Bo’ymodaron o’simligini o’stirish texnoligiyasi ham juda oddiy uni 
mamlakatimizning barcha sug’oriladigan tuproqlarida (sho’r yerlardan tashqari) ekib 
o’stirish mumkin. Ayniqsa sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda ekilsa yaxshi o’sadi 
va rivojlanadi. Undan mo’l hosil yig’ib olish mumkin bo’ladi.
Ko’p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, yovvoyi holda o’sadigan 
bo’ymodaron o’simligiga nisbatan, ekib o’stiriladiganlari tarkibida biologik faol 
moddalar ko’proq to’planadi va xomashyosini vaqtida yig’ib olinadi. Undan tashqari 
ularning ayrim noyob, kamayib ketayotgan turlarini ko’paytirish imkoniyati paydo 
bo’ladi. Bo’ymodaron ekiladigan yerlarni kuzda organik va mineral o’g’itlar bilan 
oziqlantirib, 25-27 sm chuqurlikda traktor bilan haydab qo’yiladi. Bo’modaron ko’p 
yillik o’simlik bo’lgani uchun uni kech kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. 
O’simlikni urug’idan va vegetativ yo’l bilan ham ko’paytiriladi. Ekish davrida eng 
saralangan urug’lardan foydalaniladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin