Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo’llari


Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning tarifli usullari



Yüklə 250,24 Kb.
səhifə2/13
tarix09.08.2023
ölçüsü250,24 Kb.
#139018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3.2. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning tarifli usullari Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ularni tovar oqimlariga ta’siri tabiatiga ko’ra bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin: iqtisodiy va ma’muriy.
Iqtisodiy (tarifli deb ham ataladigan) usullardan foydalanganda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar, eng avvalo, narx mutanosibligi, tovar va resurslar eksporti hamda importining sifati va shartlariga amal qilishadi. Tashqi savdoni tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) usullaridan foydalanilganda bozor mexanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o’tkaziladi, ularning qarorlari va hatti-harakatlari ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning xohishlarini belgilab beradi.
Tarifli usullar tovar narxiga bevosita ta’sir qiladi. Bu usullar davlatlar tashqi savdo amaliyotida eng keng tarqalgan, chunki ular birdaniga uchta vazifani hal qilish imkonini beradi:

  1. fiskal — byudjet uchun qo’shimcha mablag’larni olish;

  2. rag’batlantiruvchi — xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish;

  3. protektsionistik — milliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shartsharoitlarni yaratish.

Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona bojlari, bojlar, yig’imlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, mas. aktsizlar kiradi.
Tarifsiz usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Ular ko’proq rivojlanayotgan va hukumat tomonidan protektsionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o’tish davri iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir.
Tarifsiz ta’sir qilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksportni subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o’rtasidagi tovar oqimlarining yo’lida texnik to’siqlarni yaratish kabilar kiritiladi.
Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo’yicha statistik axborotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish tarifli va tarifsiz usullarning kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Tarifli usullarning mavqei keyingi paytda pasayib bormoqda, bu esa Umumjahon savdo tashkilot tomonidan a’zo-mamlakatlar oldiga qo’yilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi o’zaro tovar ayirboshlashda tarifli cheklashlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bog’liq. Tarifsiz cheklashlarning ahamiyati «tanlovli» protektsionistik savdo siyosatining kengayib borishi tufayli ortib bormoqda.
Tashki savdoni tarifli tartibga solish usullari katoriga bojxona tariflari, bojlar, yig’imlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, aktsizlar kiradi.

Yüklə 250,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin