46
Sug`urtani boshqarish Germaniyada yaxshi yulga qo’yilgan. Maxsus sug`urta
kompaniyalari faoliyatini nazorat qilish departamenti mavjud bo’lib, uning asosiy
vazifasi sug`urtalanganlar xuquqini ximoya qilishdan iborat bo’lib, buning sababi
Germaniyada sug`urta tashkilotlari keltirilgan zararlarni qoplaydigan fond tashkil
qilinmaganidadir.
Sug`urta tashkilotlari federal viloyatlar (er organlari) tomonidan nazorat
qilinadi. Barcha viloyat sug`urta kompaniyalari ustidan Federal Nazorat
Departamenti kuzatib boradi.
Germaniyada ixtiyoriy sug`urta bilan birga majburiy sug`urta ham mavjud
bo’lib, bunda yollanib ishlovchilar, avtotransport egalarini uchinchi shaxsga
etkazgan zararlari, xavo transporti xodimlari, dori-darmon ishlab chiqaruvchilar
majburiy tartibda sug`urtalanadilar.
Har bir sug`urta tashkiloti yillik xisobot topshiradi. Sug`urta tashkilotlari
daromadi soliqlar vositasida bilan tartibga solinadi. Sug`urta faoliyatidan 50%
stavka bilan hayot sug`urtasidan tashqari tuzilgan barcha shartnomalar bo’yicha
keladigan daromadlardan soliq olinadi.
Dostları ilə paylaş: