"tasdiqlayman"


Holatlar: Anamnezda ko‘rsatilganda



Yüklə 123,99 Kb.
səhifə5/8
tarix31.12.2021
ölçüsü123,99 Kb.
#49584
1   2   3   4   5   6   7   8
0239-07 3 25.07.2017

Holatlar:

Anamnezda ko‘rsatilganda:

Perinatal ensefalopotiya

barqaror nevrologik holatlar;

Bolalardagi bosh-miya falajligi (DSP), Dauna kasalligi va boshqalar;

Allergiya, astma, qo‘tir;

Yurakning, o‘pkaning, buyrak va jigarning surunkali kasalliklari;

Anemiyalar;

Disbakteriozlar;

Timus hajmini kattalashishi;

Tug‘ma poroglar;

Steroidli va garmonli preparatlar bilan davolash;

Yuqumli kasalliklarni yashirin davrlari.


Chaqaloqlik davridagi sariqlik;

Chala tug‘ilish;

Chaqaloqlarni gemolitik kasalliklari;

Sepsis;


Oila a’zolarida vaksinadan keyin asoratlar kuzatilgan bo‘lsa;

Oila a’zolarida allergiya va tutqanoq kuzatilgan bo‘lsa;

Oila a’zolarida oilada epilepsiya bilan kasallanganlar bo‘lsa;

Oila a’zolarida tasodifan o‘lim holati qayd etilgan bo‘lsa;



Ko‘kyo‘tal, qizamiq, qizilcha, epid parotit kasalligi bilan kasallanganligi hujjat asosida tasdiqlanmagan bo‘lsa.

Eslatma: Surunkali kasalliklarni qaytalanishi, emlash o‘tkazish uchun vaqtincha tibbiy cheklov hisoblanadi. Bunday holatlarda rejali emlash bemor sog‘ayganda yoki kasallikning qaytalanmay turgan davrida o‘tkaziladi.

Emlash o‘tkazishga qarshi ko‘rsatma vrach (UASh, pediatr) tomonidan belgilanadi. Emlashga bo‘lgan tibbiy cheklovlar barchasi hisobga olinib tibbiy cheklovlarni qayd etib borish daftariga yozib borilishi lozim. Tibbiy cheklovlar 1 oy va undan ortiq muddatga belgilanganda immunologik komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tibbiy cheklov belgilangan bolalar uchun sog‘lomlashtirish rejasi tuziladi va alohida emlash kalendari ishlab chiqilib, bolani rivojlanish tarixi, 112-u shaklga, emlash pasportiga hamda tibbiy cheklovlarni qayd etib borish daftariga yozib qo‘yiladi. Alohida guruhga mansub bo‘lgan bolalarni emlash o‘tkazish yo‘nalishlari “Vaksinoprofilaktika osobix grupp detey” (Tashkent 2011) nomli uslubiy qo‘llanmada ko‘rsatilgan.

PROFILAKTIK EMLAShNI REJALAShTIRISh

Profilaktik emlash rejasini tuzishda, aholini soni va aholi guruhlari bo‘yicha o‘tkazilgan emlash tahlili bo‘yicha, o‘tgan yilda emlanmay qolgan shaxslar soni asos qilib olinadi. Aholi sonini aniqlash uchun bir yilda ikki marta (bahorda va kuzda) aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Bu maqsadda uy xo‘jaliklari bo‘yicha oilani ro‘yxatdan o‘tkazish daftari to‘ldirilib, so‘ngra aholini yoshlari bo‘yicha guruhlarga ajratilib, aholi soni aniqlanadi va yakuniy jadval to‘ldiriladi. Aholi ro‘yxati tuzib bo‘lingandan keyin, DPMning kartoteka xonasidagi mavjud 063, 064, 112-shakllar ro‘yxatga olish jurnali va aholini yoshlari guruhi bo‘yicha tuzilgan jadvaldagi soni bilan taqqoslanadi.

Xizmat hududidagi barcha aholini 063, 064-shakllari aholining guruhlari bo‘yicha; uyushmagan bolalar — aholi yashash punktlari kesimida, uyushgan bolalar va o‘smirlar guruhlari — maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari kesimida, katta yoshdagi uyushgan aholi esa muassasalar, korxonalar va aholi yashash punktlari kesimida markazlashgan holda kartotekalashtiriladi. Tuzilgan ro‘yxat va o‘tkazilgan taqqoslash asosida aholini yoshma-yosh kesimi bo‘yicha tarkibiy qismi jadvali tuziladi.

Aholini ro‘yxatga olish ishlari nazorat tartibida tekshirilib dalolatnoma tuziladi va DPM bosh vrachi tomonidan tasdiqlanadi. Har oyda yuqumli kasalliklar (qizamiq, qizilcha, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, qoqshol, shol, virusli gepatit V, epid parotit, XIB va rotovirus infeksiyalar)ga qarshi emlanganlik tahlil qilib boriladi.

Emlanishi lozim bo‘lgan aholini soni aniqlanib bo‘lgandan so‘ng profilaktik emlash rejasini tuzishga kirishiladi.

Profilaktik emlash rejasi 063, 064 va 112-shakllar asosida UASh (pediatrlar) DPM hamshiralari va o‘quv tarbiya muassasalarining vrachlari, hamshiralari tomonidan tuziladi.

Maktablar, kollejlar, litseylar va MTMlari profilaktik emlash rejalari tuman (shahar) bosh pediatrlari, bosh terapevtlari va immunologlari tomonidan umumlashtiriladi.

Profilaktik emlash rejalari hududiy Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari bilan kelishilgandan so‘ng viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga va Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mutaxassislariga taqdim qilinadi.

Profilaktik emlash rejalari, viloyat DSENMlari bosh vrachlari bilan kelishilib, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni Saqlash Bosh Boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng O‘z.Res.SSVgi Onalik va bolalikni muhofazalash Bosh boshqarmasiga (O va MBB) O‘z.Res.SSVgi Sanitariya epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasi (SENBB)ga taqdim etiladi. Profilaktik emlash rejalari Onalik va bolalikni muhofazalash Bosh Boshqarmasi va Sanitariya epidemiologiya nazorati Bosh Boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng respublika SSV, DSENMga umumlashtirish uchun va emlash materiallariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun yuboriladi.

VRACh IMMUNOLOGNING VAZIFALARI

Vrach immunolog vazifalariga quyidagilar kiradi.

Profilaktik emlash kalendari asosida yillik emlash rejasini tuzish;

Yillik, chorak va oylik vaksinalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

Xizmat o‘ramidagi bolalarni o‘z vaqtida va to‘liq hisobga olinishi ustidan doimiy nazorat olib borish;

Emlatkilarni to‘la, sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borish;

Emlash rejalarini haqqoniy tuzilishi va profilaktik emlash rejalarini bajarilishi ustidan nazorat olib borish;

Emlashga tibbiy cheklov (qarshiligi) bo‘lgan bolalarni nazoratga olish va ulardagi tibbiy cheklovlarni haqqoniyligini tekshirib borish;

Asoslanmagan tibbiy cheklov berilganligi uchun shaxsan javobgarlik;

Emlashga uzoq muddatli tibbiy cheklovlar berilgan bolalarni hujjatlari (112, 063-shakl) ni tuman, shahar tibbiy birlashmalari qoshidagi immunologik komissiyalariga, ularni shifoxonaga yuborib tekshirishlar o‘tkazib sog‘lomlashtirib, emlash masalasini hal etish uchun yuborish;

Emlash kabineti hamshirasini va immunobiologik preparatlarni hisobga olish, saqlash va sarflash bo‘yicha javobgar xodimlar ishini nazorat qilish;

tibbiy xodimlarga xavfsiz emlash masalalari bo‘yicha birlamchi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish;

har oyda o‘tkazilgan profilaktik emlash, vaksinalarni sarflanishiga oid 6-shakl bo‘yicha hisobot tuzish;

aholi o‘rtasida immunoprofilaktika ahamiyati to‘g‘risida sanitariya maorif ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;

VRACh (UASh UChASTKA PEDIATRI) VAZIFALARI

Yillik va oylik profilaktik emlash rejasini tuzadi;

emlash o‘tkazish kunini, bolaning tibbiy ko‘rigiga kelishi muddatini belgilaydi hamda tibbiy cheklovlar mavjudligini aniqlaydi;

emlatkiga tibbiy cheklovlar bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtiradi va keyinchalik ularni to‘liq emlashlari uchun javobgar hisoblanadi.

emlashdan keyingi asoratlar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan “xavfli guruh”dagi bolalarni ro‘yxatini tuzadi;

emlanadigan bolalarni tibbiy ko‘rikdan (tana haroratini o‘lchab) o‘tkazadi, sog‘lig‘iga qarab emlashga ruxsat beradi, xulosasini 112-shakli hujjatiga yozishi lozim. Zarurat paydo bo‘lganda DPM rahbari bilan kelishgan xolda maslahat olish uchun poliklinikaga yuboradi;

emlangan bolalarni 1 oy davomida tibbiy kuzatuvni olib boradi;

emlashdan so‘ngi noan’anaviy reaksiyalar kuzatilgan bolalarni shifoxonaga davolanishga yuboradi;

har oyda o‘tkazilgan profilaktik emlashlar va sarflangan vaksinalar to‘g‘risida 6-shakl bo‘yicha hisobot tuzadi;

har oyning oxirida o‘ziga biriktirilgan uchastkalar bo‘yicha profilaktik emlash rejasini bajarilishini tahlil qiladi;

o‘z xizmat hududida sanitariya-targ‘ibot ishlarini o‘tkazadi.

PATRONAJ HAMShIRASINING VAZIFALARI

emlashga zarur bo‘lgan aholini hisobini olib boradi (bir yilda 2-marta bahorda va kuzda aholini ro‘yxatga oladi, kelgan-ketganlarni va chaqaloqlarni hisobini olib boradi);

har yarim yilda 1-marta 063, 064-shakllarini ko‘rib, tekshirib chiqadi;

har oyda chaqaloqlarni o‘z vaqtida rejalashtirish va profilaktik emlash kalendari bo‘yicha emlashini ta’minlash maqsadida ularni hisobga oladi va patranajini yuritadi;

kartateka hamshirasi bilan joriy yilda va har oyda emlanishi lozim bo‘lgan aholi ro‘yxatini tuzadi;

oylik emlash rejasiga muvofiq, bolalarni ota-onalari bilan emlatki olishi uchun chaqiradi;

emlashdan so‘ng reaksiyalar va asoratlarni aniqlash maqsadida uyiga patronajga boradi;

dispanser hisobida turadigan va tibbiy cheklovi bo‘lgan bolalarni vrach ko‘rigiga chaqiradi;

har oyda boshqa tumanlarda maktablarga, bolalar muassasalariga qatnaydigan bolalarni emlanish holatini aniqlaydi va rasmiy hujjatlarni yozib boradi;

har oyda qilingan emlashlar to‘g‘risida hisobot tuzadi va taqdim etadi.

OILAVIY POLIKLINIKA VA TIBBIY BIRLAShMALARNING BOSh HAMShIRASINI IMMUNOPRAFILAKTIKA MASALALARI BO‘YIChA VAZIFALARI

Bosh hamshiralarning (bakpreparatlar va immunobiologik preparatlar bo‘yicha mas’ul) vazifalari:

immunobiologik preparatlar, shpritslar, xavfsiz utilizatsiya qilish qutilari va sovutgich jihozlariga bo‘lgan joriy ehtiyojni aniqlaydi;

hududiy DSENMdan preparatlarni oladi;

vaksinalar va emlash materiallarini emlash xonalariga beradi;

DPMda vaksinalarni va emlash materiallarini sarflanishi va hisobotlarni to‘g‘ri yuritilishi bo‘yicha javob beradi;

emlash xonalarida foydalanilgan inyeksiya-materiallarini belgilangan talablar asosida to‘planishi va utilizatsiya qilishni ustidan nazorat olib boradi;

EMLASh XONASI HAMShIRASI (VAKSINATOR) VAZIFALARI

sanitariya qoida talablariga muvofiq emlash xonasi sanitariya holatiga javob beradi;

vrach ko‘rsatmasi asosida bolalarni emlaydi va emlash kalendariga hamda xavfsiz emlash qoidalariga rioya etishga javob beradi.

o‘tkazilgan emlatkilar va sarflangan vaksinalarni ro‘yxatga olish uchun hisob — kitoblarni olib boradi;

o‘tkazilgan emlatkilarni 112/u shaklga, 063 shaklga va emlatkilarni ro‘yxatga olish ishchi jurnaliga (emlatki turi, o‘tkazilgan kun, doza, seriya) yozib boradi;

oylik emlashni monitoring o‘tkazish grafigini yuritib boradi;

emlashdan so‘ng reaksiyalarni hisobini olish uchun emlangan bolalarni uylarga faol qatnovni uyushtiradi;

vrach ko‘rsatmasi va nazorati ostida emlash xonasiga vaksinalar, medikamentlar, bog‘lov vositalari va jihozlarni oladi, vaksinalarni saqlash talablarini bajarilishini ta’minlaydi.

EMLASh XONASI KARTATEKA HAMShIRASINI VAZIFALARI
(vazifalar patranaj hamshira zimmasiga yuklanadi)

barcha 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 063/u shakllari asosida emlash kartatekasini tuzadi;

profilaktik emlash kartalarini o‘z vaqtida to‘ldirib boradi. (o‘tkazilgan emlatkilar va emlanmaslik sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan);

patranaj hamshiralar bilan hamkorlikda bir yilda ikki marta, aholining ro‘yxatini tuzgandan so‘ng 063/u-shakllar asosida bolalarni hisobini to‘liq yuritilayotganligini tekshiradi;

profilaktik emlash rejasini keyingi hafta, oy, yil uchun tuzadi;

patranaj hamshiralardan, maktabgacha tarbiya muassasalari va maktab hamshiralaridan o‘tkazilgan emlash hisobotlarini qabul qiladi;

har oy yakunida poliklinika bo‘yicha oylik emlash hisobotini va rejani bajarilishining statistik tahlilini o‘tkazadi.

EMLAShNI TAShKIL ETISh

Profilaktik emlashlar — DPMsidagi belgilangan talablarga javob beradigan xonada tashkil etiladi va o‘tkaziladi;

Tug‘ruq bo‘limlarini emlash xonalarida chaqaloqlardan skrining tekshiruv uchun qon namunalarini olishga ruxsat etilmaydi;

Emlash o‘tkazish, bevosita maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktablarda va boshqa muassasalarda o‘tkazishga zarurat paydo bo‘lganda, emlash ishlarini faqat belgilangan talablar asosida jihozlangan tibbiy xonalarda o‘tkazish tavsiya etiladi. Ayrim, uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda emlashni tashkil etish va o‘tkazish uchun tarkibida vrach va vaksinatorlardan iborat ko‘chma brigadalar tuzilib emlashlar o‘tkaziladi.

EMLASh XONALARIGA QO‘YILGAN TALABLAR

Emlash xonalari ishi ustidan rahbarlik — bosh vrachning buyrug‘i bilan uning o‘rinbosari yoki u bo‘lmaganda bo‘lim mudiri zimmasiga yuklatiladi. Qishloq vrachlik punktlarida mudir zimmasiga yuklatiladi. Emlash xonasi 2 ta xonadan: maydoni 20 m2 bo‘lgan kartateka xonasi va maydoni 12 m2 bo‘lgan emlash o‘tkazish xonalaridan iborat bo‘lishi lozim. Emlash o‘tkazish xonasini devori butun balandligi bo‘ylab to‘liq kafel bilan yoki boshqa nam o‘tkazmaydigan material bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Poli suv o‘tkazmaydigan material bilan qoplanishi va patalogi moyli bo‘yoq bilan bo‘yalishi lozim. Emlash xonasi issiq suv va sovuq suvga ulangan rakvina bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Emlash xonasida har kuni 2-marta “emlash xonasi uchun” deb maxsus belgilangan tozalov anjomlari bilan yuvuvchi vositalar qo‘llagan xolda, ish kuni yakunida esa dezinfeksiyalovchi vositalar qo‘llagan xolda tozalov ishlari o‘tkazilishi lozim. Emlash xonasida mukammal tozalov haftada bir marta o‘tkaziladi.

DPMlari emlash xonasida bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlar ro‘yxati:

vaksinalarni saqlash uchun polkalari belgilangan sovutgich;

shokka qarshi davolashda qo‘llaniladigan vositalar va jihozlarni saqlash shkafi;

bir martalik shprits va ignalar qo‘shimcha zaxirasi bilan, termometrlar, tanometr, elektrootsos, og‘iz kengaytirgich, til tutgich va korsanglar;

dezinfeksiyalovchi eritma va foydalanilgan asboblarni tashlash uchun idishlar;

emlash stoli;

tibbiy kushetka va yo‘rgaklash stoli;

hujjatlarni saqlash va yozish uchun stol;

qo‘lni yuvush uchun rakvina;

bakteriotsid lampa;

termosumka;

ishlatilgan shpritslar va emlash materiallarini to‘plash uchun xavfsiz qutilar.

Emlash o‘tkaziladigan DPMda elektr ta’minotida uzilish bo‘lmasligi uchun elektrogenerator bo‘lishi lozim.

Emlash xonasida shokka qarshi dori qutisida quyidagilar bo‘lishi lozim:

2 ta jgut, bir martalik steril shprits 10 dona ;

adrenalin gidroxloridni 0,1% li 1,0 ml eritmasi 10 ta ampula;

prednizalon va gidrokortizon eritmalari 5 ampuladan;

5% li glyukoza eritmasidan 200 ml, infuzion sistema bilan;

5 ampuladan antigistamin preparatlari;

kalsiy va eufilinni 2,4 % li eritmalari ampulalarda;

yurak preparatlari (kordiamin, korglyukin, strofantin).

Emlashdan so‘nggi kuchli asoratlarda (anafilaktik shok va boshqalarda) belgilangan bosqichlar bo‘yicha shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun yo‘riqnoma bo‘lishi lozim.


Yüklə 123,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin