Tasdiqlayman” Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori



Yüklə 422,13 Kb.
səhifə3/22
tarix28.11.2023
ölçüsü422,13 Kb.
#167866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
7 Ilmiy Seminar protokoli F.U.Toshpulatov to\'g\'risi

Rais: Sh.Nurullayeva Hujjatlar yuzasidan ilmiy kotibga yoki talabgorga savollar bormi? (Kengash a’zolari: Yo‘q) Rahmat. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va olingan natijalari bo‘yicha so‘z talabgor Toshpulatov Faxriddin Urolovichga beriladi. Reglament 20 daqiqa. Marhamat.
Tadqiqotchi: F.U.Toshpulatovga
Assalomu alaykum, hurmatli rais, hurmatli Ilmiy seminar a’zolari, ustozlar. Bugun sizning e’tiboringizga “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining qisqacha mazmunini havola etamiz.
Mamlakatimizda milliy an’analar, intellektual va umummilliy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini shakllantirishda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ta’limi alohida o‘rin egallaydi.
Respublikamizda so‘ngi yillarda oliy ta’lim tizimida tegishli sohalarga yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalari, innovatsion texnologiyalarga tayanish, ishlab chiqarishga innovatsion ishlanma va texnologiyalarni keng joriy etishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” ustuvor vazifalar etib belgilangan. Bu esa bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining estetik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son, “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga yangi tamoyillarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, PQ-3931-son qarori 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, PF-6079 son, 2019 yil 8 oktyabrdagi 5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmonlari, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari, shuningdek, sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 422,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin