«Tasdiqlayman» O’quv ishlari buyicha prorektor prof. Teshaev O. R


Mashg’ulotning tarkibiy qismi (mazmuni)



Yüklə 419,37 Kb.
səhifə10/25
tarix26.12.2016
ölçüsü419,37 Kb.
#3470
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Mashg’ulotning tarkibiy qismi (mazmuni):

3.1. Nazariy qism:

Yelka suyagi diafizining spiral sinishlari rotacion, qiya va gorizontal sinishlari esa burchakli tortilish natijasida yuzaga keladi. Maydalangan sinishlar tik ezgilovchi ta'sirning natijasidirlar. Yelka suyagining shikastlanishida huddi son, katta boldir suyaklarining diafizi singandagi kabi suyak siniqlarining bir-biriga kirib ketishi kuzatiladi. Chunki qo'l mushaklari nisbatan qisqa va kuchsizroq bo'lib, ularning qisqarishi qo'l ogirligi bilan cheklanadi. Shunga qaramay, qarshilikka uchramagan mushak massasi ba'zi tipik suyak siljishlarini kelitib chiqarishi mumkin.

Yelka suyagi bo'ynidagi sinishlarda huddi elka suyagi bo'ynining bir-biriga suqilib kirmagan sinishlaridagi kabi proksimal fragment suyak usti mushagining ogirligi ta'sirida tashqariga tortiladi. Katta ko'krak mushagi birikkan joydan pastda yuzaga kelgan sinishda bu mushak yuqori qismni tana tomonga olib keladi, ichkariga va oldinga tortadi. Agar sinish chizigi yanada pastda joylashgan bo'lsa (deltasimon mushak birikkan joydan quyiroq), yana proksimal fragmentning tashqariga tortilishi kuzatiladi.

Bunday siljishlar oson to'grilanadi va suyaklarni bir-biriga moslashtirish oddiy usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Doimiy tortishga hojat yo'q, chunki bu o'ta cho'zilib ketishga va sinishning sekin bitishiga sabab bo'lishi mumkin. Juda ham aniq moslashtirish talab etilmaydi. Ozginagina yonga siljish kosmetik jihatdan ham, funkcional jihatdan ham u qadar ahamiyatga ega emas.



Yüklə 419,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin