"Tasdiqlayman" Kafedra mudiri



Yüklə 19,88 Kb.
səhifə1/4
tarix24.10.2023
ölçüsü19,88 Kb.
#160565
  1   2   3   4
Strategiya amaliyot 4 mavzu


“Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri:
Segmentlash strategiyasini amalga oshirish
Reja

  1. Maqsadli segmentlarni tanlash

2. Gipersegmentlash va kontrsegmentlash tushunchasi
3. Pozitsiyalash strategiyalari

Segmentasiya jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozorni maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.

Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo‘lib, uni echish uchun quyidagi ketma - ketlikda turish tavsiya etiladi:

- segment o‘lchov va uning o‘zgarish (o‘sish, kamayishi) tezligini o‘rnatish;


- segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;




  1. o‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash. Segment o‘lchami uning miqdoriy o‘lchamlari va birinchi navbatda sig‘imi

bilan tavsiflanadi. Segment sig‘imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potensial iste’molchilari sonini aniqlash zarur.

Bozor sig‘imini o‘rganish asosida ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish uchun va tovar sotish bo‘yicha taqsimlash tarmog‘i tuzilishi uchun asos bo‘lib hisoblanuvchi uning o‘sish dinamikasi baholanadi. SHuni hisobga olish kerakki, bozor sig‘imi etarli bo‘lishi kerak, ya’ni bozor faoliyati natijalari qo‘llash, bozorda ishlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab, rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berish kerak.

Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishini tadqiq etish raqobat darajasini o‘rganishi, mavjud mahsulotlar raqobatdoshligi, xaridorlarga munosabati, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bo‘lgan segment ehtiyojining barqarorligi, mavjud xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlaq yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurat va imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

O‘zlashtirilayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan tashkilot maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potensial imkoniy resurslarni etarli yoki yo‘qligini aniqlash uchun zarur. Buning uchun tavakkalchiliknhisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin.

Imkoniy bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlangan va dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat bo‘lmagan, lekin katta vaqt xarajatlarini talab qiladi. Dispersli uslub bir vaqtning o‘zida bir necha bozor segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini baholash yo‘li bilan samaraliroq bozorni tanlaydi.

Foydali bo‘lgan segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o‘sish sur’atiga, yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga aniq va raqobatga chidamli bo‘lishi kerak.


Yüklə 19,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin