«tasdiqlayman» Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori U. A. Madrahimov 2023 y. Andijon mashinasozlik instituti “Intellektual



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə8/11
tarix24.12.2023
ölçüsü73,8 Kb.
#192666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bayonnoma-YANGI 04

Seminar raisi: Rahmat, Ikkinchi rasmiy taqrizchini bergan e’tirozlariga javob berish uchun so‘zni talabgorga beramiz.
S.S.Ibragimov: Dissertatsiya ishimni o‘qib chiqib taqriz bergani uchun B.A.Mirzakarimovga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi kamchilikka javobim: Maxsus protsessorlar energiya sarfi kamligi tufayli prototiv qurilmalarda ishlashga mo’ljallangan va real vaqt rejimida signallarga raqamli ishlov berish imkoniyati mavjud bo’lganligi uchun maxsus protsessorlarni tanlab olganmiz Keltirilgan qolgan ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi kamchiliklarni qabul qilaman va ularni to‘g‘irlayman.
Dissertatsiya muhokamasida i.f.d., prof. A.Abdullayev, i.f.n., dots. X.U.Sarimsaqov, t.f.f.d., dots. A.A.Yusupov va boshqalar ishtirok etishdi. Barcha so’zga chiqqanlar dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning O’zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar tarakqiyotining ustuvor yunalishlariga mosligi, tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish holati to’g’risida fikrlar bildirib, talabgorning dissertatsiya ishi yuzasidan olingan natijalariga ijobiy baho berishdilar. Muhokamada ishtirok etgan barcha seminar ishtirokchilari taqrizchilarning fikr va mulohazalarini qo’llab-quvvatladi.
Talabgor Ibragimov Sanjarbek Salijanovichning dissertatisya ishi ma’ruzasining muhokamasi yuzasidan Andijon mashinasozlik instituti “Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari” fakulteti “Axborot texnologiyalari” va “Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kafedralarining qo‘shma ilmiy seminari yig‘ilishining


XULOSASI
Talabgor S.S.Ibragimovning “Tez o‘zgartirishlar asosida elektr qarshiliklarni tarqalish zonalarini aniqlash uchun parallel algoritmlar va dasturiy majmua yaratish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muhokama qilish natijasida seminar a’zolari quyidagi xulosaga keldi.
Dissertatsiya tadqiqoti Andijon mashinasozlik institutining ilmiy tadqiqot rejasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ilmiy tadqiqot ishlari rejasining № FZ-20200930404 “Bo‘lak-polinomial bazislarda signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berishning intellektual dasturiy-texnik tizimlarini yaratishning nazariy metodologik asoslari” (2021-2024) mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida bajarilgan.

Yüklə 73,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin