3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs
tafovutlari.
3.5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni
qayta baholashdan olingan daromadlar.
3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
4. Favqulodda foyda
Favqulodda foyda moddalari — bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa yoki
xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi
operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning
favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi
kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Dostları ilə paylaş: