TARIX
9-SINF
2022
–
2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflarida
tarix fanidan yakuniy imtihon ushbu tavsiya etilgan imtihon materiallari asosida
ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish qaroriga
muvofiq yakuniy imtihon materiallariga 15%
–
20% gacha oʻzgartirishlar kiritishi
mumkin. Shuningdek, tarix fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinf va maktablarda
imtihon biletlari 4 ta savoldan iborat boʻladi. Tarix fani chuqurlashtirib
oʻqitiladigan sinf va maktablarning imtihondagi toʻrtinchi savollari oʻqituvchi
tomonidan tuzilib, maktab metodbirlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tarix fanidan yakuniy attestatsiya imtihonlari uchun taklif etilayotgan
mazkur topshiriqlar umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida
tayyorlangan. Ushbu topshiriqlar biletlarda aks ettirilgan boʻlib, har bir biletda uch
yoʻnalishdagi mavzu asosida uchtadan savol beriladi. Topshiriqlar quyidagi
mazmunda tuziladi:
1. Oʻzbekiston yoki Jahon tarixida mavjud boʻlgan biror-bir joy nomi bilan
bogʻliq boʻladi.
2. Oʻzbekiston yoki Jahon tarixi fanida davlat boshqaruvi faoliyati yoritilgan
hukmdorlardan biri beriladi.
3. Oʻzbekiston va Jahon tarixi fanida oʻrganiladigan mavzulardagi
atamalarga izoh beriladi.
Birinchi savol boʻyicha oʻquvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar
asosida baholanadi:
Dostları ilə paylaş: