Tarix fakulteti



Yüklə 330 Kb.
səhifə7/10
tarix29.01.2023
ölçüsü330 Kb.
#81518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Antik davr shaharsozlik madaniyati . Topshirdi

Guldursinqal’a umumiy maydon 620-500 m, ya‘ni 31ga. YOdgorlikning tarhi noto’g’ri to’rtburchak shaklda, o’lchami 350x230 m 8ga. Tadqiqotchilar atrofdagi boshqa yodgorliklardan farqli o’laroq faqat Katta
Guldursinni qal‘a emas, balki shahar tipidagi yodgorlik sifatida ko’radilar. Yuqorida keltirganimizdek, Guldursinqal‘a Tuproqqal‘a va Qirqqiz kanallari boshlang’ich qismidagi muhim strategik nuqtada joylashgan bo’lib, vohalarning suv rejimi va xavfsizligini ta‘minlovchi iqtisodiy – ma‘muriy markaz vazifasini o’tagan. Qal‘aning qurilishini YA.G’ulomov milodiy I asrlarga, E.E. Nerazik esa mil.avv. II-I asrlarga oid deb hisoblagan. Keyingi yillardagi tadqiqotlar uning mil.avv. IV-III asrlarga oidligini ko’rsatadi.
Yodgorlik ikki qator mudofaa devor bilan o’rab olingan, avval paxsadan, keyinchalik kvadrat qurilib, kengligi 2 m yo’lakka ega. Shaharda ark-a‘lo sezilmaydi, ichki tuzilishida jamoat binolari qoldiqlari tepalik sifatida mavjud emas. Darvoza janubiy – sharqiy burchagida bir tirsakli murakkab inshoat bilan mustahkamlangan. Milodiy I-II asrlarda tashqi devorga qo’shimcha devor qurilib, yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi masofa 55 m4. Arxeologik tadqiqotlar natijasida olingan ashyolarning tasdiqlashicha, shaharda milodiy IV asrda madaniy hayot qisqargan bo’lsa, milodiy VI asr o’rtalaridan boshlab, madaniy hayot davom etib, qadimgi devor va burjlarida paxsadevor qurilgan, uning rejalashtirilishida o’zgarish sezilmaydi. Yodgorlik VIII-IX asrlarda iqtisodiy - madaniy va harbiy - diniy markaz bo’lgan. Mudofaa devori va burjlarida ta‘mirlash ishlari olib borilgan. Ilk o’rta asrlarda devor va burjlar paxsadan tiklangan, ustki qismida ochiq yo’lak mavjud bo’lib, uning kengligi 2m. Devor burjlarida tamirlash ishlari olib borilganligi aylana holiga kelib qolgan. Qadimgi devor va burj balandligi 1,2-1,5 m, kengligi 2,55 m. Mudofaa devori pastki qismi qalinligi 6,7 m, yuqori qismi esa 1,65 m. Shu narsa diqqatga sazovorki, tashqi devordan 1 m uzoqlikda alohida devor qurilib, u o’z navbatida, aylana holdagi burjlarga ega bo’lgan.

Yüklə 330 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin