25
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi. Natijada tinimsiz
urushlar davrida qishloqning ko‘pchilik aholisi o‘z ishidan
ajratilmagan. Yangi qoidaga binoan, besh kishi oltinchisini
dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlab,
viking
dan
kam qurollantirmagan. Qolaversa, ushbu ol
tinchi kishi do-
imo mashq qili
shi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning
uchun qolgan beshta qo‘shnisining ishlashi oilasi haqida
o‘ylamasligi uchun ham imkon beradi. Shu tariqa son
jihatidan qisqargan Alferd qo‘shini sifati bo‘yicha avvalgi-
ga nisbatan sezilarli kuchayadi. Yangi qo‘shinning paydo
bo‘lishi bilan jamiyatda ham muhim o‘zgarishlar bo‘ladi.
Jamiyatda professional ziroat
chilardan tashqari jangchilar
toifasi vujudga keladi.
Alfred daniyaliklar qal’alarni qamal qilishni uncha-
lik xush ko‘rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida
ko‘plab qal’alar –
burg
lar barpo ettiradi. Qirol kema
yasay
digan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmay-
digan kemalarni yasattiradi.
Qirol Alfred faqat qo‘shin bilan shug‘ullanmagan.
U o‘z davrining ma’lumotli kishisi bo‘lgan. Uesseksda
esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan
odam
lar deyarli qolmagan edi.
U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tari-
xiga oid ma’lumotlar to‘plashni buyuradi. Buyuk Alfred
davrida «
Dostları ilə paylaş: