Taqdimoti lutfiy lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati



Yüklə 20,41 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü20,41 Kb.
#181813
  1   2   3   4   5
Lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
FILOLOGIYA VATILLARNI O’QITISH: O’ZBEK TILI YONALISHI
SIRTQI BOSQICH 3-BOSQICH 125-GURUH TALABASI
G'ANIYEVA SAODATNING
“SHE’RSHUNOSLIK” FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
LUTFIY
Lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati
Lutfiy va Sakkokiyning poetik mahorati
Reja:
1.Sakkokiy ihayoti va ijodi
2. Lutfiyning poetik mahorati
3. Lutfiy va Sakkokiyning poetik mahoratining o’ziga xosligi
Sakkokiy (XV asr) — turkiy shoir. Ismi, tugʻilgan va vafot etgan yillari nomaʼlum. XV asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movarounnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: „Turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bagʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur“ („Xutbai davovin“). Sakkokiy xalqining boy ogʻzaki ijodini, salaflari asarlarini puxta oʻrgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida koʻp ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan. Gʻazallarida maʼno va shakl birligini saqlab, soʻz oʻyinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. Bunday gʻoyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon boʻlgan. Sakkokiy oʻzbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulugʻbekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar va boshqalar) yozgan va zamonasining ulugʻ shaxslarini madh etgan. Qasidalaridan birida Ulugʻbekni xalqning mehribon hukmdori, maʼrifatparvar va buyuk olim sifatida ulugʻlaydi.
Shunday maʼrifatparvar podshoh bilan zamondosh boʻlganidan faxrlanadi va: Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga, Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi, degan misralarini yozgan. Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta taʼsir koʻrsatgan; oʻzbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Sakkokiy gʻazallarining oʻziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir gʻazallarining asosiy qahramoni oshiq, magʻshuqa va raqib timsollari. Shoir gʻazallari va qasidalari devon qilib toʻplangan boʻlsada, toʻliq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Sakkokiy devoni Londonda, Britaniya muzeyida va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 7685) saqlanadi
XV asr birinchi yarmida yashab ijod etgan eng yirik shoirlardan biri Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida juda oz malumot saqlanib qolgan. Sakkokiyning oʻz devoni va Alisher Navoiyning „Majolisun-nafois“ va „Xutbai davovinasarlari, Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“si uning yashagan davri, adabiy faoliyati va XV asr adabiy hayotida tutgan oʻrni haqida birmuncha malumot beradi. Shu bilan birga, shoir Yaqiniy oʻzining „Oʻq va yoy“ munozarasida Sakkokiyni „turk (oʻzbek) shoirlarining mujtahidi (gʻayratlisi)“ deb tariflab, uning bir baytini keltiradi. „Sakkokiy“ — shoirning taxallusi boʻlib, uning asl ismi malum emas. Sakkokiy soʻzi „sakkok“ (pichoqcha) soʻzidan olingan boʻlib, „iy“ shaxs oti yasovchi qoʻshimchasi bilan „pichoqcha yasovchi“ degan maʼnoni bildiradi. Binobarin, shoir hunarmand oilada tugʻilgan boʻlishi mumkin. Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“ asari orqali oʻzbek adabiyoti yangi shoirlar nomlari, asarlari bilan boyib, koʻpgina ilmiy muammolar oʻzining yechimini topdi. Bu asar orqali biz qoʻlimizdagi qoʻlyozmalarda boʻlmagan Sakkokiyning bir necha baytlari, bir ruboiysi bilan tanishish sharafiga muyassar boʻldik. Yana bir muhim tomoni shundaki, bu asarda Mavlono Sakkokiy „Sayroniy“ nisbasi bilan tilga olingan . Biz tadqiqotlar jarayonida bu soʻzning maʼnosini izohlash uchun bir nechta manbalarni qaradik. Bu soʻzga yaqin „kezish“, „aylanish“ maʼnosini bildiradigan „sayr“ soʻzidan boshqa soʻzni topa olmadik. Sakkokiy qasidalaridan 4 tasi Mirzo Ulugʻbekning ishonchli amirlaridan biri, oʻsha vaqtdagi Turkiston shahrining shimolida mavjud boʻlgan Sabron viloyati hokimi Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan. Adabiyotshunoslar, jumladan, adabiyotshunos olim E.Rustamov Sakkokiyni maʼlum davr uning saroyida yashagan deb maʼlumot beradi. Qasidalardan birida shoir mamduhga qarata, „boyqushlar uyi boʻlgan xarob Turkiston sizning muborak himmatingizdan bogʻi Eramga aylandi“, — deb, yana bir qasidasida „Turkiston eli oʻz xojasini topdi“, — deb lutf etadi. Demak, Turkistonning xarobligi, boyqushlar uyiga aylanganligi shoirni iztirobga solganligi, uni obod etgan amirni madh etishi bir tasodif emasga oʻxshaydi. Chunki, bu baytlarni vatani taqdiridan tashvishga tushgan, voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan kishigina yozishi mumkin.

Yüklə 20,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin